5.6.6. Daraja o’lchagich xatoligiga ulash shnurlarining ta’siri
Ba’zi hollarda past chastotalarda va 1,5 MGs dan ortiq chastotalarda doimo DO’ ning kirish qurilmasi yerga nisbatan nosimmetrik qilib yasaladi. Asbobning o’lchash ob’ekti bilan ulanishi shnurlar yordamida amalga oshiriladi. Ulash shnurlarining ta’siri chastota ortishi bilan ko’proq sezila boshlaydi, chunki ularga xos bo’lgan reaktiv qarshiliklar namoyon bo’la boshlaydi. Ulash shnurlarining ta’siri 300 kGs dan yuqori chastotalarda ayniqsa sezilarli bo’ladi, chunki bunda shnurlarning fazaviy doimiysi qo’shimcha namoyon bo’la boshlaydi. Shnurlar ta’siri ikki yoqlama namoyon bo’ladi: DO’ ning kirish qarshiligi o’zgaradi, uzatish koeffitsienti, ya’ni asbob kirishidagi kuchlanishning asbob chiqishidagi kuchlanishga nisbati o’zgaradi. Odatda, kirish qarshiligi o’zgarishining ta’siri ustunroq bo’ladi. Masalan, Zs = 75 Om li 1 m uzunlikdagi sim R = 0,05 Om ga, S = 68 pf ga, L=0,4 mkGn induktivlikka ega. Bunday shnur uchun α=R/2Zc va munosabatlardan aniqlangan so’nish va faza koeffitsientlari α=0,006 dB ni va β = 0,033 rad/MGs ni tashkil etadi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, shnur kiritadigan so’nish ta’sirini amalda hisobga olmaslik mumkin. Agar o’lchashlarni o’tkazishda muvofiqlashtirishga erishilgan bo’lsa, u holda shnurlarda yuguruvchi to’lqin rejimi kuzatiladi. Bu holda shnurlarning kirishi va chiqishida kuchlanish amalda bir xil bo’ladi. Muvofiqlashtirilmagan ulashda ulash shnurining taqsimlangan doimiyliklar liniyasi sifatidagi xossalarini hisobga olish zarur. Shnurning yuqori chastotalardagi ta’sirining hisobini to’rtqutblik uchun ma’lum ushbu formulalar asosida amalga oshirish lozim:
(5.23)
, (5.24)
bu yerda U1 va U2 – shnur kirishi va chiqishidagi kuchlanishlar, Z2 – yuklama qarshiligi; γ = α + iβ.
DO’ ning kirish qarshiligi shnurning xarakteristik qarshiligidan juda katta, ya’ni Z2 ≈ Zc bo’lganligi uchun (5.23) ifoda U1/U2 ≈ chgl ko’rinishga keltirilishi mumkin. Agar a ≈ 0 ekanligi hisobga olinsa, u holda:
(5.25)
(5.25) munosabatdan ko’rinib turibdiki, βl = π/2 bo’lganda, cosβl = 0 bo’ladi va shnurning chiqishida kuchlanish jamlanishi (dastalanishi) hosil bo’ladi, shu bilan birga U2 kuchlanish U1 dan ko’p marta ortiq bo’ladi. 5.24- rasmda (U1–U2/U1)·100% nisbiy xatolikning chastotaga bog’liqlik grafiklari 1 m va 1,5 m uzunlikdagi shnurlar uchun keltirilgan.
Grafiklardan ko’rinib turibdiki, shnurlarning kirishi va chiqishidagi kuchlanishlar nisbatiga ularning ta’siri 1,5...2 MGs chastotalargacha kam. Bu xulosa nisbatan qisqa shnurlar uchun o’rinli. Agar ularning uzunliklari 3 m dan ortiq bo’lsa, fazaviy doimiyning ta’siri 1 MGs dan kichik chastotalarda paydo bo’ladi.
Kirish qarshiligining chastotaga bog’liq ravishda o’zgarishi (5.23) munosabat yordamida baholanishi mumkin. Z2 ≈ Zc bo’lganda u ushbu ko’rinishni oladi:
(5.26)
DO’ ni yuklamaga parallel ulanganida DO’ ning qarshiligi zanjirning xarakteristik qarshiligidan 10–15 marta (va undan ortiq) bo’lishi lozim. 9.26-rasmda Zkir/Zc = ψ(f ) bog’lanish grafigi 1 m va 1,5 m uzunlikdagi va Zc = 75 Om, uzunasiga sig’imi C [1 m] = 68 pF va L[1 m] = 0,4 mkGn bo’lgan kabellar uchun keltirilgan.
Grafiklardan ko’rinib turibdiki, yuqori kirish qarshilikli DO’ larni ulash shnurlari orqali amalda 2 MGs dan kichik chastotalarda ulash mumkin. Shnurning uzunligi ortganda, shuningdek, 600 Om li zanjirlarda o’lchashda signalning ruxsat etiladigan chastotasi 0,3...0,5 MGs gacha pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |