2. Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o‘rinda
so‘z qilmish oqibatida qonun, muayyan huquqiy norma talabining buzilishi
to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq
normasida belgilab qo‘yilgan taqiqni buzishi sodir bo‘ladi. Agar bunday taqiq
bo‘lmasa va unga zid xatti-harakat amalga oshirilmasa, huquqbuzarlik ham
bo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yicha sharhlanishi
mumkin emas. Huquqqa xiloflik – ijtimoiy xavfli qilmishning yuridik ifodasi-
dir. Huquq buzilishi huquqqa xilof xatti-harakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |