38
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
(shaxs, oila, millat, davlat, sinflar va boshqalar)ning nomlarini ta’kidlash im-
konini beradi
1
. Demak,
jamiyat insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hamkor-
lik, ijtimoiy munosabatlar tizimi, umumiy turmush kechirishning muayyan
tashkillashgan tarzi bo‘lib, uning mohiyati odamlar, ularning uyushmalari,
birliklari o‘rtasidagi iqtisodiy, axloqiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli-tuman
munosabatlar mazmunidan iborat.
Davlat jamiyatdan ajralib chiqadigan uning bir bo‘lagi bo‘lib, jamiyatni
boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi. «Jamiyat va davlat nisbatini tavsiflagan hol-
da aytish mumkinki, tarixiy ma’noda davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat bami-
soli ikki qismga – davlat va boshqa, ya’ni nodavlat sohaga ajralgandek bo‘ladi,
aynan shu ikkinchi qismni fuqarolik jamiyati deb atamoq lozim. Davlatni tarkib
toptiruvchi jamiyatda, bir tomondan, davlat, ikkinchi tomondan, fuqarolik jami-
yati ajralib tursa, davlat va jamiyat nisbati masalasi, aslida fuqarolik jamiyati
va uning siyosiy hokimiyati nisbati muammosiga aylanadi»
2
.
Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoli-
yatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mav-
judligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh
etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyo-
siy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy muno-
sabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga
qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar
bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini baja-
ruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, ja-
moaning umumiy yig‘ini va h.k.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi
mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki,
u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining iroda-
sini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy
elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron,
ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi.
Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi.
Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga bir-
lashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan
manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib
maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi.
1
Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М.,
1998. – 27–28-betlar; Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007, 60-bet.
2
Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция). – М., «Право и
государство», 2003, – 83-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |