Amaliy tajriba funksiyasi. Barcha yuridik fanlarda bo‘lgani singari
davlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan
uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasi fani ham amaliyotga
yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlat faoliyatini takomillashtirishga, qonun-
chilikni rivojlantirish va uni amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan
tavsiyalar ishlab chiqadi va hokazo. Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asos-
lash ham muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |