436
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Qonuniylikni amalga oshirishning
iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijti-
moiy, jamoatchilik, huquqiy kabi kafolatlari mavjud.
Iqtisodiy kafolatlar – jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, samarali
soliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarning adolatli
taqsimoti tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi
yaratilganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylikning iqtisodiy kafolati
xilma-xil mulk shakllarining mavjudligi, monopoliyaning cheklanganligi, ijti-
moiy inqirozning yo‘qligi, fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy
ta’minlanganligi bilan ham tavsiflanadi.
Jamiyatda qabul qilingan har bir qonun o‘zining iqtisodiy negiziga
ega bo‘lishi lozim, chunki huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishi
uchun muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadi. Agar qonun qabul qilinsa-yu,
lekin u iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, amaliyotga tatbiq etila olmaydi.
Ayonki, qonun normalarini amalga oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga
tayanadi.
Siyosiy kafolatlar – davlat va uning faoliyatini yuqori darajada tashkil
qilinganligi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilganligi, davlat or-
ganlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi, demokratik siyosiy tartibning
mavjudligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Siyosiy kafolatlar mazmunini de-
mokratiyaning mustahkamlanishi, davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tar-
zida jamoatchilik tomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishning
kengayishi, adolatli siyosiy tizimning shakllanishi va rivojlanishiga erishish
tashkil etadi. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy normalarni amalga
oshirish uchun fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit yaratilishi, shuningdek,
ommaviy axborot vositalariga nisbatan senzuraning bekor qilinishi kabi talab-
lar qo‘yiladi va ular bajarilishi lozim.
Mafkuraviy kafolatlar – jamiyatda hurfikrlilik, so‘z va fikr, ma’naviy
rivojlanish erkinligi, diniy bag‘rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqo-
ri ma’naviyatga egaligida namoyon bo‘ladi. Aholi qonunlarni muqaddas bilib,
uni hurmat qilishi hamda unga so‘zsiz bo‘ysunishiga huquqiy savodxonlik va
huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, ommaning huquqiy ongi va madaniyatini
yuksaltirish orqali erishish mumkin.
Ijtimoiy kafolatlar – bunda qonunlar qabul qilishda aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlari ustuvor inobatga olinishi lozim.
Zero, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar oldida mamlakat barcha
fuqarolari teng bo‘lib, qonun talablarini jamiyatning barcha a’zolari birday
qabul qilishi shart. Shu bois qonun qabul qilish jarayonida uning norma-
larida jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlari manfaatlarining inobatga olini-
shi qonuniylikka erishishning garovidir. Shuningdek, qonuniylikka erishishda
Do'stlaringiz bilan baham: |