434
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Mamlakatimiz huquqiy tizimi muayyan
huquqiy prinsiplar asosida amal qiladi. Jami-
yat hayotida qonuniylikni ta’minlashga bir qan-
cha muhim prinsiplarga rioya qilish orqali eri-
shiladi. Qonuniylikning o‘ziga xos xususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida
ifodalanadi:
1) Qonuniylikning yagonaligi. Qonunlar mamlakat hududida bir xilda
qo‘llaniladi. Qonuniylik barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
mamlakatning butun hududida yagona ma’no kasb etishi, bir xilda qo‘llanishi,
hammaning qonun oldida tengligi, aholining biron-bir guruhi uchun imtiyoz va
cheklashlar yo‘qligini bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasining 18-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qo-
nun oldida tengdirlar».
Respublikamizda qonunning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun
oldida tengligi,
birinchidan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarini uning
butun hududida amal qilishini va barcha normativ-huquqiy hujjatlar qonun aso-
sida qabul qilinib, ularga zid bo‘lmasligini anglatadi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston
qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning man-
faatlarini qo‘riqlaydi.
Uchinchidan, mamlakatning butun hududida qonunlar
bir xilda qo‘llaniladi.
2) Qonunning ustuvorligi va hamma uchun majburiyligi. Jamiyatda
qonunlar oliy yuridik kuchga ega, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ham-
masi qonun asosida qabul qilinadi. Biror-bir huquqiy norma qonunga zid bo‘la
olmaydi, agar qonun bilan boshqa huquqiy norma o‘rtasida shunday nomuvo-
fiqlik paydo bo‘lsa, bunday holda qonun amal qiladi. Bu prinsip Konstitutsi-
yamizning 15-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unda shunday deyilgan:
«O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqa-
rolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».
3) Qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsipi. Mamlakat hududida
amaldagi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni aniq bajarish har qaysi
davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun
shartdir. Ammo, barcha fuqarolar ham amaldagi qonunlarga bir xilda ixtiyoriy
va vijdonan rioya qilavermaydilar. Ayrim fuqarolar qonun talablarini bajar-
maydi va amaldagi ba’zi qonunlarning eskirib qolganligi hamda ularni hozirgi
davr talablariga javob bermasligini ro‘kach qiladilar. Mamlakatda o‘rnatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |