rioya qilish, bajarish, foydalanish va qo‘llash shaklida bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan
biri Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi
hamda bevosita amalga oshirilishidir. Qonun normalari, o‘z navbatida, Prezi-
dent farmoni, Hukumat qarori, davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo‘llovchi
organlar hujjatlari orqali hayotga joriy etiladi.
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartib-
ga solish, uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning
yanada ildam qadamlar bilan mustaqillik yo‘lidan olg‘a qarab rivojlanishining
ishonchli garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |