solishning boshqa turlaridan farq qiladi.
Kаrimоv I.А. Jаmiyatimizni erkinlаshtirish, islоhоtlаrni chuqurlаshtirish, mа’nаviyatimizni yuksаl-
«O‘zbеkistоn», 2007. – 96-bet.
421
XX bob.
Huquqiy tartibga
solish mеxanizmi
xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus
qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya’ni:
– mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning
muayyan tizimini tashkil etadi;
– u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;
– huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini, ustuvor prin-
siplarini belgilaydi;
– ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomoni-
dan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususi-
yati konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, baham-
jihatligi, o‘zaro mantiqiy muvofiqligi va batartibligida ko‘rinadi. Mamlakat
konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha konstitutsiyaviy
qonunlar (masalan, «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar) kiradi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda
siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri va
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi.
Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga
ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijod-
korlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va
jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir.
Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shu-
ni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlarning barchasi subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy
talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy
qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonun-
larga muvofiq ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi).
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy,
siyosiy, g‘oyaviy va yuridik
kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqti-
sodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik
munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishi-
ning iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mam-