370
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor
shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususi-
yatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida ho-
kimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning
vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda
qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir
to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat or-
ganiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik
sudlari ko‘rib chiqadi).
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun
yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |