Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

30

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Moddiy – iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi 

o‘z predmetini o‘rganishda samarali ma’lumotlar va zaruriy bilimlar beradi. 

Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, 

huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari 

iqtisodiyot fanini boyitishga ko‘maklashadi. 



Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq 

nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Zero, 

sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, 

jamiyat a’zolarining, xususan, turli jamoalar, aholi barcha qatlamlarining dav-

lat, huquq, demokratiya va qonunga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini, 

ularning davlat va huquq to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini mavjud hayotni tahlil 

etish asosida o‘rganadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazari-

yasi fani uchun dastlabki amaliy (empirik) ma’lumotlarni to‘plab berish vazifa-

sini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, o‘z navbatida, sotsiologiya fani 

bergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan o‘ziga tegishli nazariy xulosalar 

chiqarishda foydalanadi.

Sotsiologiya yagona tizim bo‘lmish jamiyat hamda u bilan aloqadorlikda 

o‘rganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy jarayonlar haqidagi fandir. 

Sotsiologiya jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 

Sotsiologiya o‘zining xulosalarida aniq hayotiy ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribaga 

tayanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham 

sotsiologik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Sotsiologiya ham falsafa sin-

gari, davlat va huquqni bilishning umumiy ilmiy vositadir. U davlat va huquq-

ni o‘rganish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtiradi. 

Bu borada sotsiologiya davlat va huquq nazariyasining qoida va xulosalaridan 

foydalanadi.

Ma’lumki, davlat va huquq ijtimoiy muhitda mavjud, ularning mohiyati 

sotsium hayot-sharoitida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bois davlat va 

huquqqa sotsiologik yondashuvga qiziqish ortmoqda. Qolaversa, sotsiologiya 

bilan davlat va huquq nazariyasining hamkorligida 

huquq sotsiologiya-

si, siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi nomli alohida fan tarmoqlari 

shakllanib ajralib chiqmoqda va rivojlanmoqda.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish