185
IX bob.
Huquq prinsiplari
va funksiyаlari
Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va hara-
katlanishining rahbariy g‘oyasi, boshlang‘ich qoidasi, yetakchi mezoni sifatida
maydonga chiqadi.
Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o‘z tasdig‘ini topadigan huquq prin-
siplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga
to‘laligicha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning maz-
munini tavsiflaydi, uning ichki tuzilishi, statik holati bilan bir qatorda, huquqni
qo‘llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prin-
siplari normativ hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish
va chiqarish, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o‘rnatilishiga nihoyatda
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Huquq prinsiplari o‘ziga xos tayanch tuzilma bo‘lib, unga nafaqat huquq
normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi.
Mazkur rahbariy tamoyillar davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquq-
ni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish bilan bog‘liq butun faoliyati uchun
yo‘naltiruvchi mash’al bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tizimning bahamjihatligi,
barqarorligi va samaradorligi ularga rioya etish darajasiga bevosita bog‘liq.
Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo‘lganligi sababli ular turli huquq
tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar, obyektiv hamda
subyektiv huquq o‘rtasidagi ichki birlikni, uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlikni
ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘z mohiyati va tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan bevosita belgilanadi.
Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq,
hukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilishi hamda
amal qilishi tamoyillari o‘z ta’sirini o‘tkazadi
1
.
Yuqoridagi
fikr kundek ravshan, uni isbotlashning hojati yo‘q. Zero, aytay-
lik, feodal huquqning tuzilishi va harakatlanishi prinsiplari quldorchilik huquqi
yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek,
Rim huquqiga asoslangan hozirgi roman-german huquqining prinsiplari islom
dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farq qilishi bar-
chaga ayon.
Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va
joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba’zan
huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suve-
reniteti g‘oyalariga sodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan
1
Qarang: Васильев А.М. Правовые категории. Методологические аспекты разработки системы
категорий теории права. – М., 1976. – 216–225-betlar.