163
VII bob.
Jamiyatning siyosiy
tizimi va davlat
tuzish tartibi, nizomi, ro‘yxatga olish, faoliyatini to‘xtatish tartibi, ularning
huquqlari, vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari, guruhlarining maqsadi,
vazifalari to‘liq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalar va jamoat bir-
lashmalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyatning asosiy negizi
har qanday jamoat birlashmasi oldiga qo‘yilgan yagona maqsadni, ya’ni bo-
zor munosabatlariga o‘tish jarayonida har bir fuqaroning ijtimoiy himoyalan-
gan bo‘lishi, ularning davlat va jamiyatni boshqarishda ongli ravishda va faol
ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Jamoat birlashmalari respublikada amal-
ga oshirilayotgan islohotlarni o‘z a’zolari ishtirokida tahlil qilishlari va ularga
nisbatan o‘zlarining fikrlarini bildirishlari, islohotlar natijasida o‘z oldilarida
turgan vazifalarni aniqlab olishlari hamda barcha a’zolarini ularni bajarishga
jalb etishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, jamiyatdagi barcha kuchlarni yagona
maqsad – O‘zbekistonning yuksak taraqqiyoti, har bir fuqaroning tinch-totuv
va farovon hayot kechirishi yo‘lida birlashtiradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida mamlakat siyosiy tizimining,
shu jumladan, davlatning demokratlashuvi tendensiyasi kuchayadi. Bir tomon-
dan, siyosiy tizimning barcha tarkibiy bo‘g‘inlari faoliyatining xalq omma-
sining ishtiroki, daxldorligi kuchayadi (kengayadi), ikkinchi tomondan, davlat
organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy
sherikchiligi rivoj topadi.
Bu borada davlat xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot
sifatida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini faollashtiradi:
Birinchi yo‘nalish – davlat organlari o‘z faoliyatini oshkoralik va ochiqlik
muhitida amalga oshira borib, jamiyatni o‘z faoliyatining asosiy mazmunidan
muntazam xabardor etib boradi. Davlat organlari faoliyati ustidan parlament
va jamoatchilik nazoratini ta’minlash mexanizmlari rivoj topadi. Davlat or-
ganlarining parlament va xalq oldida hisobot berish institutlari vujudga ke-
ladi. Jumladan, Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida
quyidagilarni ta’kidladi: «Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va
idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlar ham o‘z faoliyati yakun-
lari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga
baho beriladi»
1
, shuningdek, «2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar,
prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish
tizimi joriy etiladi»
2
.
1
Qarang: Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– T., 2017. – 17-bet.
2
O‘sha manba, 18-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |