91
IV bob.
Davlatning
shakllari
va «kuchli prezident» mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan ke-
skin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o‘rtasidagi muvozanatning
mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Prezident umumxalq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. U keng vakolat-
larga ega bo‘lsa-da, lekin hukumat boshlig‘i bo‘lmaydi. Prezidentlik lavozimi
bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo‘lgan Bosh vazir mansabi nazarda
tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi.
Hukumat ham parlament oldida (ishonchsizlik votumi), ham prezident oldida
mas’uldir.
Aralash respublika shakliga hozir Fransiya va Armaniston davlatlaridagi
mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Davlat hokimiyatini hududiy nuqtayi
nazardan tashkil etish va amalga oshirish –
murakkab, ko‘p tarkibli hodisa bo‘lib, unda
davlat tuzilishining muayyan tartibi, davlatning alohida tarkibiy qismlari
o‘rtasidagi bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlik munosabatlari nazarda tutiladi.
Bu milliy-davlat qurilishi, ma’muriy-hududiy tuzilish, iqtisodiy va maxsus
hududlarga ajratishni ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |