75
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
ovullar va shaharchalar ham O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy
qismlari hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z yurisdiksiyasini mazkur hududlarda amal-
ga oshiradi. Davlat aholini ma’muriy-hududiy birliklarga ajratib, o‘z hokimi-
yatini ma’muriy-hududiy prinsip asosida amalga oshiradi.
Respublikamiz Markaziy Osiyoda, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida
joylashgan bo‘lib, uning hududi shimoliy-g‘arbda Turon past tekstligini,
janubiy-sharqda Tyanshan va Oloy tog‘ tizimlarini, janubiy-g‘arbda Qizilqum
cho‘llarining bir qismini egallaydi. Maydonining umumiy uzunligi 2355 kilometrni
tashkil etadi. O‘zbekiston tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent
shahri, 12 ta ma’muriy viloyat, 157 ta qishloq tumani, 123 shahar va 104 sha-
har tipidagi qo‘rg‘on kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |