Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


 Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet686/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   682   683   684   685   686   687   688   689   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

3. Huquqbuzarlik faqat kishilar tomonidan sodir etiladi. Huquqbu-

zarlikning subyekti sifatida faqat jismoniy shaxslar, odamlar tan olinadi; jonivor, 

hayvon va parrandalar g‘ayrihuquqiy harakatlari uchun yuridik javobgarlikka 

tortilmaydi. Huquq tarixidan ma’lumki, hayvonlar ham ba’zi vaqtlarda qonun 

buzilishining subyekti bo‘lib hisoblangan. O‘rta asrlarda ba’zi mamlakatlar-

da to‘ng‘izlar, sichqonlar, kalamushlar, itlar va hokazo jinoyat sodir qilgan-

lar, shunga ko‘ra barcha yuridik qoidalarga muvofiq, ularni sud qilishgan: bu 

haqda tergov olib borilgan, ular sudga chaqiriq varaqasi orqali chaqirilgan, 

prokuror va himoyachi sudda nutq so‘zlagan, sud hukmi chiqarilgan va ijro 

qilingan. Faqat o‘z g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarining oqibatlarini anglashga 

qobiliyatli va unga javob bera oladigan (delikt layoqatli) shaxslarning huquqqa 

xilof qilmishlari huquqbuzarlik deb tan olinadi. Shu bois, aqli noraso, muomala 

layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslar va yosh bolalar huquqbuzarlikning subyekti 

hisoblanmaydilar. Huquqbuzarlik shaxsning fikrlash tarzi emas, balki 



uning 

qilmishi, xulq-atvoridir. Bunday xulq-atvor esa, huquqqa xilof harakat yoki 

harakatsizlik shaklida namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarning ijtimoiy xavfli niyati 

faqat uning xulq-atvorida, harakati(harakatsizligi)da o‘z ifodasini topadi. Gegel 

o‘zining «Huquq falsafasi» asarida kishilar e’tiqodlari, niyatlari uchun emas, 

balki faqat qilmishlari uchun javob berishlari lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani 

ilgari surgan

1

.

4. Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini 



buzishda ayblanayotgan shaxs yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir 

bo‘lishi va o‘z harakatlarni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqali sodir etgan bo‘lishi 

lozim. 

Huquqbuzarlik – aybli qilmishdir. Agar shaxsning harakatida ayb 

bo‘lmasa, uning harakati garchi shaxsning holati chetdan qaraganda huquqiy 

Qаrаng: Гегель Г. Философия права. – М., 1990. – 141, 144, 145, 192-betlar.



30–18-8



Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   682   683   684   685   686   687   688   689   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish