456
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida
ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPKning 4-m, I-q.).
Shu o‘rinda alohida e’tiborga molik yana bir institutga to‘xtalish lozim.
Ya’ni, ishlarni sudda ko‘rish jarayonida kelishuv bitimiga erishish. Horijiy mam-
lakatlar amaliyotida sulhparvar sudlar («miroviye sudi») va ikki tomonning
kelishuvi bilan bitimga erishish instituti mavjud. O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligida ham kelishuv bitimi instituti mustahkamlangan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 100-mod-
dasining 4-bandiga binoan taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lsalar va u sud
tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ish yuritishni tugatish mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida ham ish yuritishni tugatish
asoslari to‘g‘risidagi moddada nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra «kelishuv
bitimi tuzilib, u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa», sud ishni ko‘rib
chiqishni tugatadi (86-modda). O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protses-
sual kodeksining 583-moddasida yarashilganligi munosabati bilan ish yuritishni
to‘xtatish tartibi belgilangan.
Ommaviy huquq sohasida kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida hal
etish mexanizmida Konstitutsiyaviy sud muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalarida, «O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1 va 2-moddalarida konsti-
tutsiyaviy sud ko‘rib, hal etish huquqiga ega bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilangan.
Konstitutsiyaviy sud: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa
majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini
aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa be-
radi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘zining
vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy
sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda
ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
Yuridik nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarning ham ahamiyati katta.
O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (1997-yil
30-avgust) muvofiq iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagi-
lardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |