454
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Kelishuv protsedurasi deganda, davlat hokimiyati organlari, boshqa
subyektlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning ixtiyoriy e’tirof
etilgan huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibi tushuniladi. Kelishuv
protseduralarining quyidagi turlari mavjud.
Birinchidan, yuridik ixtiloflarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish uchun
davlat organlari tenglik (paritet) asosida kelishtiruv komissiyalarini tuzadilar.
Kelishuv komissiyalarining ishlash tartibi va ular tomonidan kelishuv qarorla-
rini qabul qilish shartlari tomonlarning (tegishli davlat organlarining) imzosi
bilan mustahkamlangan bayonnomada yoki ikki tomonlama shartnoma(bitim)
da belgilanadi.
Ikkinchidan, parlament palatalari o‘rtasida ixtilof yoki kelishmovchiliklar
yuzaga kelganida kelishuv komissiyasini tuzish qonunchilikda nazarda tutil-
gan institutdir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi
konstitutsiyaviy qonunlarda, shuningdek palatalarning Reglamentlari
to‘g‘risidagi qonunlarda kelishuv komissiyasiga bag‘ishlangan qoidalar mavjud.
Masalan, quyi palata to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda quyidagi qoida
mustahkamlangan:
«Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan qonunchilik palatasi va
Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun qonunchilik
palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komis-
siyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatada ko‘rsatilgan
a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida
Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi
qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish
to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chi-
qilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga
haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Keli-
shuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda
belgilanadi».
Uchinchidan, tashkilotlar o‘rtasida nizo kelib chiqqanda hakamlik su-
rishtiruvlari o‘tkazish ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Hakam-
lik sudlari to‘g‘risida»gi Qonuni 2006-yil 8-fevralda Oliy Majlisning Qonun-
chilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu yil 25-avgustda Senat tomonidan
ma’qullangan. Mazkur qonunga binoan, hakamlik sudi fuqarolik huquqiy mu-
nosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari
o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organdir.