Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohala-
riga nisbatan
metodologik funksiyani bajaradi. Chunki, har qanday metod –
amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir. Nazariya fani voqelikni qanchalik
to‘g‘ri aks ettirsa, u bilishning metodi sifatida shunchalik samarali bo‘ladi.
Davlat va huquq nazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy munosabat,
huquqiy javobgarlik kabi tushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy
tushunchalar tizimi davlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy
bilimlarni yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham
davlat va huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, kategoriyalar,
ta’riflar, prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlar
uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |