41
II bob.
Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
ildizlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrning asosiy yutug‘i – ma’noli nutqning
paydo bo‘lganligidir.
Yovvoyilikning o‘rta bosqichida ovqatlar qatoriga baliq qo‘shiladi va olov-
dan foydalanish boshlanadi. Toshdan qurol yasash paydo bo‘ladi. Odamlar iqlim
va joyga bog‘liq bo‘lmay qoladilar va yer yuzining ko‘pgina qismiga joylasha
boshlaydilar.
Yovvoyilikning yuqori bosqichi o‘q-yoy ixtiro qilingan vaqtdan boshla-
nadi. Ularning doimiy ovqati qatoriga parranda va hayvonlar kiradi. Ov esa
mehnatning tarmoqlaridan biri bo‘lib qoladi. Guruh-guruh bo‘lib yashashning
ba’zi alomatlari, yog‘och idishlar, uy anjomlari paydo bo‘la boshlaydi.
Keyinchalik olov bilan bolta ro‘zg‘or ishlarida keng foydalaniladigan bo‘ladi.
Vahshiylikning quyi bosqichida kulolchilik paydo bo‘ladi, hayvonlarni
qo‘lga o‘rgatish va urchitish hamda o‘simliklarni ekib o‘stirish vujudga keladi.
Jamiyat taraqqiyotiga tabiiy sharoitlar ta’siri kuchayadi.
Vahshiylikning o‘rta bosqichi uy hayvonlarini qo‘lga o‘rgatishdan,
g‘arbda – ovqat bo‘ladigan ekinlarni sug‘orish vositasi bilan ekish va imoratlar
uchun quritilgan xom g‘isht hamda tosh ishlatishdan boshlanadi. Bu bosqich
uchun podalar paydo bo‘lishi va cho‘ponlar qabilalarining shakllanishi xarak-
terlidir.
Vahshiylikning yuqori bosqichi temir rudasini o‘rganishdan boshlanib,
harfli yozuvning ixtiro qilinishi va uning og‘zaki ijodni yozib olish uchun
qo‘llanishi natijasida sivilizatsiyaga o‘tishga zamin hozirlaydi.
Bu davrlarni umumlashtirib, yovvoyilik – tabiatning tayyor mahsulotla-
rini ko‘plab o‘zlashtirish davri, degan xulosaga kelish mumkin. Vahshiylik –
chorvachilik va dehqonchilikning joriy etilish davri, insonlarning faol harakati
va mehnati vositasida tabiat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish usullarini
o‘zlashtirish davridir.
Hozirgi kunda davlat paydo bo‘lishidan oldingi kishilik taraqqiyoti davrini
yangicha talqin etish (davrlash) ilmiy asoslanmoqda. Ya’ni, qadimgi jamiyat
taraqqiyotida ikki asosiy bosqich va unga muvofiq keluvchi ishlab chiqarishning
ikki usulini: o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni (ovchilik, baliqchilik, yig‘ib-terish);
yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni (dehqonchilik, chorvachilik, metal-
ni qayta ishlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish) farqlash muhim metodologik
ahamiyatga molik
1
. Bu tasniflashning birinchi davriga ona urug‘ining rivoj
topishi, yoyilishi (matriarxat), ikkinchi davri esa otaga bog‘langan avlod
(patriarxat) mos keladi. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatning uzviy bo‘lagi deb
bilganlar. Ular faqat tabiat bilan uyg‘unlikda yashay olishlariga ishonganlar.
1
Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М.,
1998. – 34–35-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |