42
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Tabiat ularni issiq va sovuqlardan asragan, tashnalik va ochlikdan qutqargan,
turli-tuman ehtiyojlarini qondirgan. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyot jamiyatida ayol-
lar yetakchi mavqeni egallaganlar. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat
tayyorlash, oilani zarur maishiy yumushlar bilan ta’minlash, bola tarbiyasi kabi
ishlar bilan shug‘ullanganlar. Erkaklar mehnat qurollari tayyorlashgan, ovchilik
hamda oilaning himoyasi bilan shug‘ullanganlar. Turmushda
ekzogamiya qaror
topgan, ya’ni yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh taqiqlangan.
Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot davrida mehnat qurollarining takomillashib
borishi, o‘q-yoyning kashf etilishi natijasida jamiyatda yirik mehnat taqsimoti
yuz bergan. Ovchilikdan dehqonchilik, so‘ngra hunarmandchilik ajralib chiqqan.
Qadimgi odamlar jamoa bo‘lib, birgalikda yashashga moyil va majbur
bo‘lganlar. Ularning turmush tarzi va o‘zaro munosabatlarini tasvirlab, Aflo-
tun o‘zining «Qonunlar» asarida qadimgi odamlarning hayotni Afinalik suh-
batdosh nomidan shunday izohlaydi: «Avvalo, u zamon odamlari bir-birlari-
ni yaxshi ko‘rganlar va ayriliqlar tufayli bir-birlariga xayrixoh munosabatda
bo‘lganlar; ovqatni ham bir-birlaridan qizg‘anmaganlar, chunki yaylovlar ko‘p
bo‘lgan – ba’zilarida avvaliga kam bo‘lishi ehtimol, ularning ko‘pchiligi shu
(chorvachilik) bilan kun ko‘rganlar. Ularda sut va go‘sht ham yetarli bo‘lgan;
bundan tashqari ular ov bilan o‘zlariga yegulik topganlar. Ularda kiyim, yo-
tish o‘rinlari (choyshab, to‘shak), uy-joy, kuydirilgan (kulolchilik buyumlari) va
oddiy buyumlar bisyor bo‘lgan; …Juda kambag‘allar ham bo‘lmagani uchun
kambag‘allik odamlarni bir-birlariga dushman bo‘lishlariga majbur qilmagan.
Boshqa tomondan ular boy bo‘lib ham ketolmasdilar, chunki u vaqtlarda ularda
oltin ham, kumush ham yo‘q edi»
1
. Ibtidoiy tuzum davri minglab yillar davom
etgan. U davrlarda hali ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivoji juda sekin va past
darajada borishi bilan tavsiflanadi.
Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy holati, xo‘jalik yuritish xususiyatlari uning
ijtimoiy tuzilishiga (sotsial boshqariluv strukturasiga) va ma’naviy hayotiga, ij-
timoiy hokimiyatning tabiatiga va sotsial normalarning mohiyatiga o‘z ta’sirini
o‘tkazmasligining aslo iloji yo‘q edi.
Jamiyatning dastlabki quyi bo‘g‘ini, boshlang‘ich yacheykasi, uni boshqa-
rishning birlamchi shakli
urug‘ hisoblangan. Urug‘ – o‘zaro qon-qarindoshlik
rishtalari bilan bog‘langan yaqin kishilarning shaxsiy ittifoqidir. Urug‘ kishilari-
ning bir-biriga qon jihatdan yaqin jamoasi bo‘lib, ular birlashgan tarzda turmush
kechirib, hamjihatlikda ov qilganlar, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar.
Urug‘chilik tuzumining hayotida oilaning shakllanishi va evolyutsiyasi
alohida rol o‘ynaganligini ta’kidlash lozim. Urug‘ ibtidoiy odam ajdod va av-
1
Аflotun. Qonunlar. Toshkent. «Yangi asr avlodi», 2002. – 75–76-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |