405
XIX bob.
Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
presedentiga kamroq suyaniladi, lekin bu presedentlarning nufuzi pasayishini
anglatmaydi.
Musulmon huquq oilasi. Musulmon huquqi VIII asrlarda Arabiston
yarim orolida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda Saudiya Arabistoni, Sudan, Livan,
Misr, Eron, Arabiston yarim oroli va fors ko‘rfazlari mamlakatlarida amalda
qo‘llanilmoqda. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, islom dini o‘z mazmuniga
ko‘ra,
birinchidan, musulmon kishi nimalarga e’tiqod qilishi va nimalardan
o‘zini tiyishi lozimligini belgilovchi ilohiy aqidadan iborat;
ikkinchidan, musul-
mon qanday amallarni bajarishi va qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozimli-
gi haqidagi qoidalardan iborat. Islom dinida bunday ko‘rsatmalarning yig‘indisi
«shariat» («haq yo‘l» ma’nosini anglatadi) deb nomlanib, u aslida musulmon
huquqidir.
Shariat ikki qismdan – diniy, ya’ni e’tiqod qoidalari (aqida)dan va huquq
(fiqh)dan iborat.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqi ikki qismga bo‘linadi: birinchisi (muoma-
lat) musulmonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ikkinchisi
esa, (ibodat) musulmonning Alloh oldidagi majburiyatini belgilaydi. Bu ikkala
qism huquqiy maktablar tomonidan qanday belgilangan va o‘rganilgan bo‘lsa,
xuddi shunday ko‘rinishda yuridik fanlar predmetini tashkil qiladi. Fiqhning
asosiy vazifasi musulmon davlati qonunchiligi bilan uning birlamchi manbalari
orasidagi uzviy bog‘liqlikni saqlab qolishdir. Musulmon huquqi fanlari bilan
dunyoviy yuridik fanlar o‘rtasidagi farq shundaki, musulmon huquqiy tizimi
Qur’ondan boshlanib, huquqni insoniyat aql-idroki va ijtimoiy shart-sharoitning
mahsuli deb emas, balki Alloh tomonidan berilgan tuhfa, marhamat deb
hisoblaydi.
Islom dunyoviy dinlar ichida eng yoshi bo‘lsa-da, juda keng tarqalgan.
Turli hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha ki-
shi Islom diniga e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko‘pchilikni yoki aholining
katta qismini tashkil qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi
musulmon aholisi bor mamlakatlarning jo‘g‘rofiy chegaralariga mos tushmaydi.
Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan
millatlar va etnik guruhlar ham mavjud
1
.
Musulmon huquqiy fanlari asosini kazuistik uslub tashkil qiladi. U «ilm-
al-furu» yoki ishlarni hal qilish (masa’il) nomi bilan tanilgan. Sunniylar va shia-
lar hamma maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan – Madina
maktabi va Iroq maktablari turadi. Ushbu qadimgi maktablar o‘z nazoratidagi
hududlarda ildiz otib, oddiy huquqdan foydalanib, uni yangi dinlarning ehti-
1
Qаrаng: Теория государства и права / Под ред.проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 606-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |