406
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yojlariga moslashtirganlar. Tarixiy sabablarga ko‘ra bugunga kelib musulmon
huquqining to‘rtta sunniylar (xanafiylar, molikiylar, shofiiylar, hanbaliylar)
maktabi, shuningdek, uchta shialar (ja’fariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi
bor. Har bir maktab o‘zining yuridik uslubi va qarashlari tizimiga ega, shuning
uchun ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo‘lib hisoblanish
uchun da’vogarlik qiladi.
Musulmon huquqi mustahkam tizimga ega bo‘lgan, rad qilish mumkin
bo‘lmagan dalillarga asoslanadi. Musulmon huquqshunoslari muayyan dara-
jada tasodifiy yoki noaniq bo‘lgan hamma narsalarni qoralaydilar. Musulmon
huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o‘z tuzilishlari-
ga ko‘ra doimo tashqi dalillarga asoslanadi
1
.
Islom aqidalariga muvofiq, musulmon huquqi Alloh kalomi asosida
shakllangan qoidalar mujmuidir. Islom diniy doktrinasida Muhammad (s.a.v.)
payg‘ambarning shaxsi muhim o‘rin tutadi. Uning hayoti va faoliyati musul-
mon huquqining ma’no-mazmunini tushuntirishda belgilovchi ahamiyat kasb
etadi.
Islomshunos olimlarning fikricha, musulmon huquqi tarkibida ikkita
o‘zaro bog‘liq me’yorlar guruhi Qur’on va Sunnaning yuridik yo‘l-yo‘riqlari
mavjud.
Musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari
va elchilaridan oxirgisi Muhammad alayhissalomga yo‘llagan vahiylardan nozil
bo‘lgan
Qur’on e’tirof etiladi. Qur’on huquq kodeksi emas. Qur’ondagi yuridik
xarakterdagi qoidalar,
bir tomondan, kodeks tuzishga kamlik qiladi, ikkinchi
tomondan, bu me’yorlar orasida mavhum diniy va axloqiy yo‘l-yo‘riqlar shak-
lidagi umumiy qoidalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning ta’sir ko‘rsatish cho-
ralari ham talaygina bo‘lib, ular tilga olinsa-da, ayrim hollardagina jazolaydigan
darajaga keltiriladi.
Musulmon huquqining ikkinchi manbayi Muhammad alayhissalom mulo-
hazalaridagi ilohiylashtirilgan hodisalar ta’sirida kelib chiqqan og‘zaki rivoyat-
lar majmui –
sunnadir.
Musulmonlar Qur’on va sunna yuridik me’yorlarining kelib chiqishi ilo-
hiy bo‘lib, aslo o‘zgarmasdir, deb hisoblaydilar. Lekin, hayotda ijtimoiy
munosabatlarning barchasi ham Qur’on va sunnaga bog‘liq emas. Qur’ondagi
6200 dan ortiq oyatning aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib,
ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa 250 tasi huquqiy xususiyatga egadir. Bu no-
mutanosiblikni to‘ldirish ham musulmon huquqiy ta’limotining davomchilari
bo‘lgan musulmon ilohiyotchi-fiqhlariga ishonib topshirilgan edi. Ular Qur’on
1
Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir
аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 98–99-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |