383
XVIII bob.
Huquq
normalarini sharhlash
tura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero, ular kundalik faoliyatida huquqqa oid
masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq
etilishi uchun mas’uldirlar.
Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin tushunib
olinishi; xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq
etilishidan oldin aniqlanishi shart
1
.
Huquqiy normalarni sharhlash o‘rga-
nilayotgan hodisa to‘g‘risida obyektiv va il-
miy asoslangan xulosa chiqarishga ko‘mak-
lashadigan, hayot sinovidan o‘tgan usullar orqali amalga oshiriladi. Huquqni
sharhlash usullari orqali sharhlovchi subyekt huquq normasi haqida to‘liq
tasavvur hosil qiladi va u haqida batafsil ma’lumotlar to‘playdi, huquqiy mu-
nosabatlar ishtirokchilariga yetkazadi. Huquqni sharhlash usullarini yaxshi bi-
lish huquq normalarining mazmunini to‘g‘ri anglash va tushuntirishga hamda
ushbu normalarni kelajakda tatbiq etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |