378
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
sida tasniflash mumkin. Ular ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish shakli;
ularni qabul qilgan subyektlari; ahamiyati va hokazolarga asosan guruhlarga
bo‘linadi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish
shakliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
ijro etuvchi va
huquqni muhofaza etuvchi.
Ijro etuvchi hujjatlar huquq normasida mustahkamlangan ko‘rsatmalarni
alohida shaxs yoki vaziyatga nisbatan ijro etishni tashkillashtirishga qaratil-
gan. Masalan, mutaxassisligi va malakasi talabga javob beradigan shaxsni
ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, o‘z vazifasini sidqidildan ijro etgan xodimni
rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq va hokazo.
Huquqni muhofaza etuvchi hujjatlar amaldagi huquq normalarini turli
xil tajovuzlar yoki buzilishlardan saqlashga xizmat qiladi. Ular, odatda, huquq
buzilishining oldini olish yoki sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan chiqarila-
di. Bunday hujjatlarga sudlov, tergov, prokuratura, soliq, bojxona organlarining
hujjatlari misol bo‘la oladi.
Huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qiluvchi subyektlarga ko‘ra, mazkur
hujjatlar: qonunchilik hokimiyati organlari hujjatlari; ijro hokimiyati organlari
hujjatlari; sudlov organlari hujjatlari; o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlari;
jamoat tashkilotlari hujjatlari; korxona, muassasa va tashkilotlar ma’muriyati
tomonidan chiqariladigan hujjatlarga bo‘linadi. Huquqni qo‘llash hujjatlarining
ifoda etilishi shakliga ko‘ra: rasmiy talab, tavsiya xarakteridagi va ko‘rsatma
(rezolyutsiya) hujjatlari kabi turlari mavjud.
Jamiyatning jo‘shqin rivojlanishi, unda
qonun chiqaruvchi idora tomonidan ko‘zda
tutilmagan ijtimoiy munosabatlarning vujud-
ga kelishi, ularga nisbatan huquqni qo‘llash
ehtiyoji bilan huquq yaratuvchilik faoliyati o‘rtasidagi farq huquqdagi bo‘shliqni
tashkil etadi. Huquqdagi bo‘shliq, odatda, huquqni qo‘llash jarayonida aniqla-
nadi. Huquqni qo‘llovchi organ muayyan ishni hal etish chog‘ida har doim ham
ushbu munosabatni tartibga solib turuvchi xulq-atvor qoidasini topa olmasligi
mumkin. Ushbu holat quyidagicha izohlanishi mumkin: 1) qonun chiqaruv-
chi idora (barcha huquq ijodkorligi faoliyati subyektlarining) ongli ravishda
tartibga solish masalasini ochiq qoldirganligi; 2) amaldagi huquq tizimida
bo‘shliq (huquqiy hal etilmagan jihat) mavjudligi
1
.
1
Нерсесянц В.С. Общая теория права и государства. Учебник для юридических вузов и факуль-
тетов. – М.: Издательская группа НОРМА – ИНФРА. – М, 1999. – 490-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: