359
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda
bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq»
1
.
Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyat bilan hayot-
ga tatbiq etish yangicha huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan
ko‘p jihatdan bog‘liq. Huquqiy madaniyatni ijtimoiy ongga singdirish hamda
aholining yurish-turishi hamda fe’l-atvorida tegishli ko‘nikmalarni shakllan-
tirish jo‘ngina uddalanadigan ish emas. Huquqiy madaniyatni shakllantirish
barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat tash-
kilotlar, mahalla jamoalari, maktab, oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
bahamjihat, maqsadga yo‘naltirilgan ulkan ma’rifiy-tashkiliy faoliyati natijasida
amalga oshadigan ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |