364
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
imkoniyat sifatida odamlar harakatida, faol xulq-atvorida, moddiy va ma’naviy
boyliklar, ne’matlardan foydalanishda ro‘yobga chiqadi, moddiylashadi. Ayni
vaqtda, uni amalga oshirish yana bir ma’noga ega: boshqa imkoniyatlar(rejalar,
dasturlar, niyatlar va sh.k.)dan farqli o‘laroq, huquq amalga oshirish imkoniyatining
ko‘proqligi bilan tavsiflanadi, kafolatlar bilan ta’minlanadi. Tahlil qilinayotgan
tushunchani izohlovchi yana bir holat shundan iboratki, huquq tabiiy va ijobiy,
obyektiv va subyektiv huquqni o‘z ichiga oluvchi serqirra hodisadir. Huquqni
amalga oshirish institutini uning serqirra mazmunini hisobga olgan holda
talqin etilishi lozim.
«Huquqni amalga oshirish» kategoriyasi yuqoridagi mazmunga mos ke-
ladi. Darhaqiqat, huquq nomoddiy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, u kishilarning
faoliyatida, faol xulqi va yurish-turishlarida, ularning moddiy va ma’naviy qadri-
yatlardan foydalanganlarida moddiylashadi. Demak, huquqni amalga oshirish –
uning talablarini huquqiy munosabatlar ishtirokchilari faoliyatida namoyon
bo‘lishi, uning ko‘rsatmalarini huquqiy xatti-harakatga aylantirishni anglatadi.
Yuridik talqini va mohiyatiga ko‘ra, huquqni amalga oshirish davlat –
hokimiyat xarakteriga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u qonunda mustahkamlan-
gan irodaga muvofiq ro‘y beradi. Uning yakuniy natijasi – qonunning talabini
bajarish yoki undagi taqiqqa yarasha o‘z xatti-harakatlaridan tiyilish, ularni
cheklashdan iborat bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish o‘zaro ichki bog‘langan, tarkibiy qismlari bir-
birini taqozo etadigan murakkab mexanizm sifatida maydonga chiqadi. Maz-
kur mexanizm biror-bir elementining oqsashi yoki yetarli darajada ishlamasligi
huquqni ro‘yobga chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqni amalga
oshirish natijasida inson huquq va erkinliklari muhofaza etiladi, xalqning davlat
hokimiyatini amalga oshirishda ishtiroki ta’minlanadi, mulk (xususiy mulk)
qo‘riqlanadi, tadbirkorlik rivojlantiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy va
huquq-tartibot mustahkamlanadi. Huquq amalga oshirilgan taqdirdagina shaxs
va jamiyat uchun ma’no va ahamiyat kasb etadi. Agar huquq hayotga tatbiq
etilmasa, u muqarrar tarzda o‘lik hodisadir. Huquq normalarining bosh vazi-
fasi shundan iboratki, ular shaxs huquqlarining mazmunini aniqlashga yordam
beradi va shu tariqa uni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
O‘z tabiati, mantig‘i jihatidan huquqni amalga oshirish – zamon va ma-
konda yuz beruvchi murakkab jarayon. Unda nafaqat taraflar, subyektiv huquq
va majburiyatlarning egalari, balki davlat o‘zining huquq ijodkorligi, huquqni
ijro etuvchi, huquqni qo‘llovchi organlari orqali ishtirok etadi. Huquqni amalga
oshirish, huquqni hayotga tatbiq etish jarayoni sifatida,
birinchidan, huquqni
amalga oshirishning yuridik mexanizmlarini,
ikkinchidan, huquqni bevosita
amalga oshirishning shakllarini o‘z ichiga oladi. Huquqni amalga oshirishning
Do'stlaringiz bilan baham: |