19
I bob.
Davlat va huquq
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi
1
. Boshqacha aytganda, davlat va huquq
nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat – belgi-
larini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlash-
dan iborat.
Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini
tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir.
U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi.
Davlat va huquq nazariyasi avvalo
ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi.
Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, aha-
miyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy
hodisalardir.
Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |