116
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Hozirgi vaqtda davlatlarning tashqi faoliyati xalqaro-huquqiy normalarga
asoslanadi, jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari
va milliy xususiyatlarini imkon qadar hisobga oladi.
Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo‘yicha davlat
funksiyasi – davlat faoliyatining muhim yo‘nalishidir. Tarixning guvohlik
berishicha, davlat tarzida uyushgan jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida
mamlakatning erkinligi va mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini
tashqi tajovuzlardan himoya qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib kelgan.
Vatanni himoya qilish, davlat hududini bosqinchilardan ozod etish uchun
olib borilgan urushlar, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan qonuniy va adolatli hi-
soblanadi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik
va harbiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya tinchlik vaqtida mam-
lakatni ehtimol tutilgan tashqi hujumni qaytarishga har tomonlama tayyorlash-
dan iboratdir. Urush vaqtida esa, mudofaa funksiyasi dushman bilan bevosita
qurolli kurash shakliga ega bo‘lib, unda g‘alabaga erishish uchun mamlakat-
ning butun imkoniyati va barcha kuchlarini birlashtirish ro‘y beradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mudofaa doktrinasini e’lon qilib, uni
izchil amalga oshirmoqda. Mazkur doktrinaning mohiyati boshqa davlat yoki
davlatlar guruhi tomonidan ehtimol tutilgan tajovuzga barham berish uchun
maqbul darajada yetarli kuch va vositalarni yaratishdan iborat. «Mamlakatni
mudofaa qilish funksiyasi» tushunchasi ma’nodor va serqirradir. Bu tushuncha
mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik vaqtida ham, urush
vaqtida ham Qurolli Kuchlarning jangovar qudrati va qobiliyatini saqlab turish
bo‘yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o‘z ichiga oladi.
Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanib,
quyidagi asosiy yo‘nalishlardan tarkib topadi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash. Fan-texnika
taraqqiyotining eng yangi yutuqlariga tayangan, rivojlangan va samarali iqti-
sodiyot mamlakatning yuksak mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi, ya’ni Qurolli
Kuchlarning ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaa salohiyatini mustah-
kamlash uchun barcha zarur narsalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy iqtisodiyot armiyani texnika va qurol-yarog‘larning eng yangi na-
munalari, davlat mudofaa salohiyatining boshqa tarkibiy qismlari bilan zarur
darajada ta’minlaydi.
Qurolli Kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirish, ularning
jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muttasil oshirib borish. O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni sifatida
Qurolli Kuchlar qudratli, harakatchan va moslashuvchan, zamonaviy himoya
vositalariga ega bo‘lishi, harbiy texnika va qurol-yarog‘larning barcha turlari-
Do'stlaringiz bilan baham: |