99
IV bob.
Davlatning
shakllari
Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat
ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish,
hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashish imkoni-
yatiga ega bo‘ladi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita
ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal
etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum) ni amalga oshirish mumkin.
Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
– fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi;
– davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi;
– vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi;
– siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi;
– hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
o‘rtasida taqsimlanganligi;
– davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi;
– huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la
asoslanganligi;
– jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining mavjudligi;
– siyosiy partiyalarning muxolifatda bo‘lish erkinligi ta’minlanganligi;
– siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z
manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi;
– fuqarolik jamiyatining shakllanganligi.
Demokratik siyosiy rejim doirasida
liberal yoki liberal-demokratik rejim
turlari farqlanadi.
Liberal rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo‘li bilan
shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan
davlat o‘rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo‘ladi. Liberal rejimning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson o‘z mulki, huquq va erkinliklariga ega
bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so‘z, fikr
almashish va mulk shakllari erkinligi e’lon qilinadi.
Liberal-demokratik rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodli-
gi e’tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi.
Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuning-
dek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yal-
pi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati
o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, dav-
latni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi
boshqaruv shakli bo‘yicha
prezidentlik respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish
shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tar-
Do'stlaringiz bilan baham: |