69
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
Davlatning mohiyatini aniqlash degan-
da, uning ma’no-mantig‘i, ichki tabiati, asl
mazmuni, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli
va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyat-
larini anglab yetish tushuniladi.
«Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiy
mantig‘ini, o‘zagini
hokimiyat tashkil etadi. Shuningdek, davlat jamiyatga
tegishli
siyosiy tashkilotdir. Boshqacha aytganda, davlatning mohiyati ma-
salasi – davlat hokimiyati kimga tegishli, uni kim va qaysi manfaat yo‘lida
amalga oshiradi, degan savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois
bu muammo o‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi
1
.
Davlatning mohiyati – uning eng muhim, barqaror belgi va xususiyat-
lari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni, qonuniy munosabatlarni,
eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir.
Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradi-
gan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi in-
sonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatni boshqa-
rishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat
oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat
boshqaruvi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsa-
dida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni
yo‘naltirib turadi.
Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi holatda dav-
lat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshirilishi mumkin; ik-
kinchi holatda esa, u alohida ijtimoiy guruh yoki alohida shaxs manfaati uchun
amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda
etadi yoxud ayrim shaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi.
Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat o‘zining serqirra obyek-
tiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtojdir. Bu davlatning
umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi va rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi mulohazalarga xulosa qilib, davlatning hozirgi zamonaviy
ta’rifini ifoda etishga harakat qilamiz. Davlat ommaviy-siyosiy hokimiyatning
suveren-siyosiy tarzda hududiy tashkillashtirilganligi bo‘lib, u maxsus apparat
vositasida o‘z azmu irodasini butun mamlakat uchun majburiy e’tirof ettira
oladi.
Davlat – jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyo-
siy tashkilot bo‘lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini
boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy
1
Bu borada batafsilroq qarang: Оdilqoriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Davlat hokimiyati: mohiyati,
funksiyasi va zamonaviy talqini. – T., 2015. – 6–29-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |