Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

107

V bob.

 Davlatning

funksiyalari

«Davlat funksiyasi» bilan «davlatning vazifasi» tushunchalarini chalkashtir-

maslik lozim, ular bir xil hodisalar emas. Davlat oldida uning turli taraqqiyot 

bosqichlarida har xil vazifalar turadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun dav-

lat funksiyalari bajariladi. 

Vazifa

 – bu jamiyat va davlat oldida turgan, o‘z 

yechimini kutayotgan muammo yoki masala. 

Funksiya 

esa, davlat faoliyatining 

yo‘nalishi, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘llaridir. Demak, funksiya hal 

etiladigan vazifalarga bog‘liq holda paydo bo‘ladigan davlat faoliyatining turi-

dir. Tabiiyki, turli tarixiy vaziyatlarda davlat oldidagi vazifalar o‘zgarib turadi. 

Shunga ko‘ra, davlatning funksiyalari ham o‘zgarishi mumkin.



Davlatning maqsadi 

asosiy u intiladigan farovon, yorqin kelajak bo‘lib, 

uning barcha vazifalari ana shu oliy maqsadni ta’minlashga yo‘naltiriladi. 

Maqsad ustuvor bo‘lib, vazifalar uning manfaatiga bo‘ysundiriladi.

Shunday qilib, davlat funksiyasi tushunchasi davlatning tabiatini, uning 

faoliyati mazmunini chuqurroq anglash imkonini beradi. Davlatning mexaniz-

mi (apparati) va shakllari uning statik holatini tahlil etish hamda idrok etish 

imkonini bersa, davlatning funksiyasi uning dinamik holatini tushunishga yo‘l 

ochadi.

Davlat funksiyalarini o‘rganish, bu so-

hadagi ilmiy bilimdan amaliyotda foydalanish 

davlat nazariyasi fani to‘plagan davlat-huquqiy 

munosabatlarga doir jami materiallarni tar-

tibga solishni taqozo etadi. Buning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, dav-

lat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni bilishda ilmiy tasniflash uslubidan 

foydalaniladi. Zero, ushbu uslubdan foydalanilmasa, davlat-huquqiy hodisalar 

hamda jarayonlarni har tomonlama tartibga solish va taqqoslash mushkul.

Davlat funksiyalarini o‘rganishda ham tasniflash uslubidan samarali foy-

dalaniladi. U yoki bu funksiyalarni muayyan bir turkumga, guruhga kiritish im-

konini beruvchi tasniflash mezonlari, ya’ni belgilari (ularning yig‘indisi) turli 

xususiyatga ega. Masalan, davlat faoliyatining obyektlari va sohalari, hududiy 

ko‘lamlari, ijtimoiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish usuli, 

vazifalarning mazmuni bir-biridan farq qiladi.

Darhaqiqat, ilmiy va amaliy maqsadlarda davlat funksiyalari turli 



me-

zonlar

 bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Davlat funksiyalari 



amal qilish vaqti 

bo‘yicha 




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish