Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

52

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

davri – miloddan avval 27-yildan milodning 476-yiligacha. Xuddi shu yili Rim 

davlati germanlar (frank) qabilalari tomonidan bosib olingan.

Qadimgi german qabilalarida davlat o‘zining yemirilish pallasiga kir-

gan Rim imperiyasining ulkan hududlarini bosib olish, istilo qilishdan so‘ng 

uni boshqarish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Germanlardagi o‘sha davrdagi 

urug‘chilik tuzumiga xos hokimiyat organlari Rimni boshqarishga moslash-

magan edi. Bu holda ommaviy hokimiyatning boshqacha tuzilmasi, tashki-

loti zarur edi. Ya’ni, zabt etilgan jamiyat ustidan turadigan va keng qamrovli 

boshqaruv apparatidan iborat davlat kerak edi.

Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish lozim. Agar Afina va Rim – 

quldorchilik tipidagi davlatlar bo‘lgan bo‘lsa, Germanlar davlati – feodal tip-

dagi davlat bo‘ldi. Sababi quldorchilik tuzumi Rimda o‘z umrini o‘tab bo‘lgan 

edi. U yerda feodal ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshlagan edi. 

Bu jamiyatni endi eskicha qulchilikka asoslangan tuzilmalar bilan boshqarib 

bo‘lmasdi.

Jamiyatni boshqarishning ibtidoiy tash-

kil etilishi tartibi barham topib, uning o‘rnini 

davlat tashkiloti egallashi insoniyat aqlini 

qadim zamonlardan to hozirgacha band etib 

kelmoqda. Turli xalqlarda davlatning har xil 

shakllarda paydo bo‘lganligi fakti ham davlat 

va huquqning kelib chiqishiga oid ko‘plab nazariyalarning, ta’limotlarning yara-

tilishiga sabab ekanligini e’tirof etish joiz. Biroq, nazariyotchilar, olimlar davlat 

kelib chiqishining umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini anglashga intiladilar. 

Avstriyalik davlatshunos L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushun-

chasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash 

va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, dav-

latning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday 

buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan 

tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muay-

yan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha 

aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi. 

Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun dav-

latning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka 

ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish 

joiz

1

.



Гумплович Л.  Общее учение о государстве. СПб., 1910. – 47-bet.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish