Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Nojo‘ya xatti-harakat quyidagi turlarga bo‘linadi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet693/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Nojo‘ya xatti-harakat quyidagi turlarga bo‘linadi:

Fuqaroviy huquqbuzarlik,

 bunda fuqarolik huquq va majburiyatlari-

ning buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois, mol-mulkka, kishi-

ning sha’niga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi. Mazkur turdagi 

huquqbuzarlik mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi 



470

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

huquqiy normalar talabini buzish oqibatida kelib chiqadi. Shaxsiy nomulkiy 

huquqlar buzilganida javobgarlik choralari quyidagicha bo‘lishi mumkin, masa-

lan, da’vogarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlarga 

nisbatan javobgar tomonidan raddiya bildirish. Mulkiy huquqbuzarlik sodir etil-

ganda yetkazilgan zararni undirish, neustoyka to‘lash, qarzdordan mulkni olib 

qo‘yish, bitimni haqiqiy emas deb topish kabi javobgarlik choralari qo‘llaniladi. 

Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik choralari sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi to-

monidan qo‘llaniladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik 

deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning 

yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz 

qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda 

tutilgan g‘ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) 

harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyat 

kabi, jamiyat uchun xavfli bo‘lib, undan faqat ushbu xavfning darajsi bilan farq 

qiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy qonunchilik tomonidan belgilangan 

umummajburiy talablarni fuqarolar, xizmat mavqeyi va itoat etish tartibidan 

qat’i nazar, mansabdor shaxslar tomonidan buzilishidir.



Intizomiy huquqbuzarlik 

– korxona, tashkilot yoki muassasalarning rah-

bariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish – turish va ichki mehnat tartib-qoidalari, 

xizmat intizomining xodimlar tomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini 

bajarilmasligidir. Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Intizomiy jazo choralari yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs (rahbar) 

tomonidan qo‘llaniladi.

Ba’zi yuridik adabiyotlarda huquqbuzarlikning alohida turi sifatida 

protsessual nojo‘ya xatti-harakatlar (huquqbuzarliklar) ajratib ko‘rsatiladi. 

Protsessual huquqbuzarlik

 – qonun bilan belgilangan odil sudlovni amalga 

oshirish, yuridik ishlarni huquqni qo‘llash organlarida o‘tishi, huquqni qo‘llash 

hujjatini chiqarish tartib-taomilining buzilishidir. Masalan, guvohning sud majli-

siga kelmasligi. Bunday holda guvoh sudga majburan olib kelinishi mumkin. 

Sudlanuvchining chaqiriq qog‘oziga binoan sudga kelmay qolishi ham protses-

sual huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunda sudya sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot 

chorasini o‘zgartirishi mumkin.

Huquqshunoslik fanida yuridik javob-

garlik masalasida turlicha fikrlar mavjud. 

Ko‘pchilik mualliflar yuridik javobgarlikni 

davlatning o‘z huquqiy talablarini bajarishga 

qaratilgan majburlov choralarini qo‘llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi olim-


Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish