Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet616/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   612   613   614   615   616   617   618   619   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish

 huquqiy tartibga 

solishning boshqa turlaridan farq qiladi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish-

(struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta’sir etishning o‘ziga 

Kаrimоv I.А. Jаmiyatimizni erkinlаshtirish, islоhоtlаrni chuqurlаshtirish, mа’nаviyatimizni yuksаl-



tirish vа хаlqimizning hаyot dаrаjаsini оshirish – bаrchа ishlаrimizning mеzоni vа mаqsаdidir. T.15. – T.: 

«O‘zbеkistоn», 2007. – 96-bet.




421

XX bob.

 Huquqiy tartibga

solish mеxanizmi

xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus 

qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya’ni:

– mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning 

muayyan tizimini tashkil etadi;

– u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;

– huquqiy tartibga solishning umumiy siyosiy yo‘nalishini, ustuvor prin-

siplarini belgilaydi;

– ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomoni-

dan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususi-

yati konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, baham-

jihatligi, o‘zaro mantiqiy muvofiqligi va batartibligida ko‘rinadi. Mamlakat 

konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-

yasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha konstitutsiyaviy 

qonunlar (masalan, «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari 

to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar) kiradi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda 

siyosiy-yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o‘rnatish xarakteri va 

tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. 

Konstitutsiyada mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normativ tabiatga 

ega bo‘lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, davlat idoralarining huquq ijod-

korlik va huquqni qo‘llash faoliyati uchun, fuqarolar, mansabdor shaxslar va 

jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga egadir. 

Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shu-

ni aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy 

munosabatlarning barchasi subyektlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan qat’iy 

talabdir.

Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy 

qonunchilik darajasida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konsti-

tutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, 

mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonun-

larga muvofiq ish ko‘radilar (Konstitutsiyaning 15-moddasi).

Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, 

siyosiy, g‘oyaviy va yuridik 

kafolatlar tizimi

 bilan ta’minlanadi. Bozor iqti-

sodiyotiga asoslangan ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik 

munosabatlari qaror topgani sayin konstitutsiyaviy normalar amal qilishi- 

ning iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahkamlana boradi. Shuningdek, mam-




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   612   613   614   615   616   617   618   619   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish