Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet617/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

422

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

lakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib borgani sayin 

konstitutsiyaviy tartibga solishning 

siyosiy kafolatlari

 kuchayib boradi. Jamiyat-

ning g‘oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuk-

salib borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning 



g‘oyaviy-ma’naviy kafolat-

lari 

rivoj topadi. Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi 

esa, Konstitutsiya amal qilishining barcha huquqiy vositalari hamda usullari 

yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari qonuniylik prinsipiga qat’iy 

rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Xuddi shu narsa konstitutsiyaviy 

tartibga solishning 



yuridik kafolatini

 tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ustuvorligini ta’minlashning, 

unga rioya qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bun-

day mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini 

Konstitutsiyaviy sud 

tashkil 


etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar hujjatlarining 

konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib, hal etadi. O‘zbekiston Respublika-

sining «Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida»gi (1995-yil 30-avgust) qonuniga mu-

vofiq, Konstitutsiyaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy 

sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomoni-

dan chiqariladigan huquqiy hujjatlarning, O‘zbekistonning xalqaro shartnoma-

lari va boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga to‘la mos bo‘lishini kuzatib 

turadi; Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy hujjatlarning 

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; Konstitutsi-

yaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga ki-

radi. Ular qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas (Konstitutsiyaning 

109-moddasi).

Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda yetakchi hamda nufuzli o‘rnini 

egallaydi. U oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari 

o‘z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so‘zsiz ustuvor 

bo‘lganligi uchun konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, 

shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.

Xo‘sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosa-

batlarni qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va dav-

lat hayot faoliyatining eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy muno-

sabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy munosabatlar – jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini, O‘zbekiston davlat ichki va tashqi 

siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarini us-

tuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan barqaror 

bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog‘liq munosabatlardir. Ushbu mu-

nosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini 

ifoda etadi.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish