190
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolat-
langanligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi
hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mosligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat huquqqa xilof aybli xatti-harakat (yoki
harakatsizlik) uchungina qo‘llanilishi va Konstitutsiyaga binoan jinoyat so-
dir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi qonuniy tartibda sudda
ko‘rilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi; aybsizlik
prezumpsiyasi prinsipi (26-modda);
9) yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarlikni o‘rnatayotgan qo-
nunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini inson-
parvarlashtirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |