101
IV bob.
Davlatning
shakllari
navbatida, davlat hokimiyati muayyan jarayonlarda qanday amalga oshirilayot-
ganini ta’riflashga imkon yaratadi.
Davlat rejimi davlat shakllarining boshqa elementlaridan farq qiladi va
o‘ziga xos siyosiy-huquqiy kategoriya hisoblanadi. U davlat hokimiyatini amal-
ga oshirishning real mexanizmi sifatida hokimiyat tarmoqlari munosabatlari-
dagi yuridik prinsiplarni emas, balki ularning haqiqiy holatini, avvalo, qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi mavjud real munosabat-
larni ochib beradi.
Yuqorida qay etilganidek, «davlat rejimi» va «siyosiy rejim» kategori-
yalari o‘zaro uzviy bog‘liq. Siyosiy rejim amalda davlat rejimi mazmuni va
tabiatini oldindan belgilaydi. Shuning uchun demokratik va avtoritar siyosiy
rejimlarning har biri o‘ziga mos davlat rejimiga ega bo‘ladi. Davlat rejimining
demokratligi yoki avtoritarligi darajasi to‘g‘risida quyidagilarga asoslanib, xu-
losa chiqarish mumkin:
birinchidan,
davlat faoliyatidagi huquqiy va nohuquqiy metodlar, vosita va
usullar nisbatan muayyan davlatning huquqiy yoki huquqiy emasligi to‘g‘risida
xulosa chiqarishga imkon beradi (demokratik davlat doimo huquqiy bo‘ladi);
ikkinchidan,
davlat hokimiyati organlari faoliyatida xalq suvereniteti
prinsipining amalda joriy etilganlik darajasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
Demokratik davlat rejimi sharoitida davlat organlari huquqiylik va qo-
nuniylik prinsiplariga og‘ishmay amal qiladi, inson va fuqaroning asosiy huquq
va erkinliklarini hurmat qiladi, jamiyatda siyosiy erkinliklarning yuksak da-
rajasi ta’minlanadi. Avtoritar davlat rejimi sharoitida esa, kuchga tayanuvchi
boshqaruv metodlari, asosiy huquq va erkinliklarning qisman yoki to‘liq tuga-
tilganligi, xalqning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishdan chetlatilganligi
kuzatiladi.
Demokratik davlat rejimiga xos asosiy xususiyat shundaki, davlat faoli-
yatining asosidagi siyosiy irodaning shakllanishi «quyidan yuqoriga» qarab
yo‘naladi. Ya’ni, individ va shaxslardan davlat institutlariga qarab «o‘sib ke-
luvchi» iroda siyosiy qarorga aylanadi. Shu tariqa demokratik siyosiy rejim
xalqning davlat boshqaruvida keng va doimiy ishtirokini ta’minlaydi.
Demokratik davlat rejimining yana quyidagi belgilarini ta’kidlash mum-
kin:
birinchidan
– davlat hokimiyatining qurilishi va uning qonun chiqaruv-
chi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘lingan holda amal qilishi;
ikkinchidan
– vakillik muassasalarining hal qiluvchi rolining
ta’minlanishi. Ularning umumiy saylovlar orqali shakllantirilishi va davlat
hokimiyatini amalga oshirishi uchun real vakolatlarga ega bo‘lishi, davlat
apparati faoliyatida konstitutsionalizm prinsiplari va Konstitutsiyaning us-
Do'stlaringiz bilan baham: |