85
IV bob.
Davlatning
shakllari
Jamiyat boshqaruvi tashkil etishning qaysi jihati tadqiqot obyekti ekanli-
giga ko‘ra, davlat shaklining uch elementi bir-biridan farqlanadi:
birinchidan,
boshqaruv shakli;
ikkinchidan,
davlat tuzilishi (hududiy-siyosiy) shakli;
uchinchidan,
siyosiy (davlat – huquqiy) rejim.
Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida aha-
miyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va
mazmunini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini anglatadi.
Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda
davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va
uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteskye, Lokk, Rus-
so va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqa-
ruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro
munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi
tushuniladi.
Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar
Do'stlaringiz bilan baham: