4.4-§. Ko’pyoqliklarni umumiy vaziyatdagi tekisliklar bilan keishishi
Ko’pyoqliklarning qirralari to’g’ri chiziqlar deb qaraladi va ularning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishayotgan nuqtalari topilib, ular o’zaro tutashtiriladi. Shunda ko’pyoqlikning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishgan chizig’i yasalgan bo’ladi.
Misol. Prizmaning o’zaro parallel to’g’ri chiziqlarda berilgan tekislik bilan kesishish chizig’i aniqlansin (4.4.1- chizma).
4.4.1- chizma
Yechish. Prizma yon qirralari orqali frontal proyeksiyalovchi tekisliklar o’tkaziladi. Bu yerda All Bll orqali o’tayotgan frontal proyeksiyalovchi tekislikning frontal izi Tv ni ko’rsatish bilan cheklaniladi va qolgan qirralari orqali ham xuddi shunday tekisliklar o’tkazilgan deb faraz qilinadi. T (Tv) bilan umumiy vaziyatdagi tekislikning o’zaro kesishish chizig’ining H va V dagi proyeksiyalari 1l 2l, 1ll 2ll lar aniqlanadi.
Shu tartibda kesishish chizig’ining qolgan proyeksiyalari topiladi. 1l va 2l nuqtalar orqali hosil bo’lgan kesishish chizig’ining Al Bl qirrasi bilan kesishayotgan joyda kesishish nuqtasi Kl topiladi va u orqali Kll aniqlanadi.
Barcha kesishish nuqtalari Kl, Ll, Ml, Nl lar tutashtirilsa, kesishish chizig’ining gorizontal, Kll, Lll, Mll, Nll lar tutashtirilsa, frontal proyeksiyasi hosil bo’ladi.
Oxirida ushbu kesishish chizig’ining prizmaga nisbatan ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlari aniqlab chiqiladi.
Misol. umumiy vaziyatlarda berilgan piramidaning izlari orqali berilgan tekislik bilan kesilganda hosil bo’ladigan kesim chizig’i va uning haqiqiy kattaligi topilsin (4.4.2- chizma).
Yechish. 1. Piramidaning yon qirralari to’g’ri chiziqlar deb qabul qilinadi va ularning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishgan nuqtalari topiladi. Masalan, AT qirrasining frontal proyeksiyasi All Tll orqali frontal proyeksiyalovchi tekislikning Rv izi o’tkaziladi va uning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish
4 .4.2- chizma chizig’i 12 (1l 2l, 1ll 2ll) aniqlanadi.
Kesishish chizig’ining 1l 2l gorizontal
proyeksiyasi bilan piramidaning Al Tl qirrasi kesishayotgan joyda kesishish chizig’iga tegishli K nuqtaning gorizontal proyeksiyasi Kl topiladi, u orqali V da Kll aniqlanadi. Shu tartibda piramidaning BT (Bl Tl, Bll Tll) va CT (Cl Tl, Cll Tll) qirralarining umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishayotgan nuqtalarining H va V dagi proyeksiyalari topiladi.
Kesishish chizig’iga oid barcha topilgan nuqtalarning bir nomli proyeksiyalari o’zaro tutashtiriladi hamda u chiziqni piramidaga nisbatan ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlari aniqlanadi.
Kesim yuzasining haqiqiy kattaligi jipslashtirish (ustma-ust qo’yish) usulida aniqlanadi. Buning uchun umumiy vaziyatdagi tekislikning frontal izi H bilan qo’shilib qolgunicha aylantiriladi. Shunda tekislikdagi kesishish chizig’ining haqiqiy kattaligi H da tasvirlanadi. Ushbu jarayon chizmada yaqqol ko’rsatilgan. Buning uchun tekislikning frontal izi Sv da P nuqtaning frontal proyeksiyasi Pll tanlab olinadi va uning gorizontal proyeksiyasi Pl dan tekislikning gorizontal izi Sh ga perpendikulyar chiziq o’tkaziladi. Tekislik izlarining x o’qidagi kesishish nuqtasi Sx ni markaz qilib, SxPll radiusda yoy chiziladi va uni Pl dan chizilgan perpendikulyar chiziq bilan kesishtiriladi, Sx bilan Pll1 nuqta tutashtiriladi. Shunda S tekislikning frontal Sv1 izi H bilan jipslashgan bo’ladi.
Kesishish chizig’ining frontal proyeksiyalaridan x ga parallel chiziqlar chizilib, ular tekislikning V dagi izi Sv bilan kesishtiriladi va u nuqtalar chizmada ko’rsatilgandek yoylar yordamida Sv1 ga olib o’tiladi hamda ulardan tekislikning gorizontal izi Sh ga parallel chiziqlar chiziladi. Bu parallel chiziqlar kesishish chizig’ining gorizontal proyeksiyalari Kl, Ll, Ml lardan Sh ga perpendikulyar qilib chizilgan chiziqlar bilan mos ravishda kesishtiriladi. Aniqlangan Kll1, Lll1, Mll1 nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, kesimning haqiqiy kattaligi yasalgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |