Diagonal [lotincha diagonlis < grekcha diagonios — burchakdan burchakka boruvchi]—ko‘pburchaklikning yondosh bo‘lmagan uchlarini yoki ko‘pyoqlikning bir tomoniga tegishli bo‘lmagan nuqtalarini birlashtiruvchi kesma.
Diametr [grekcha diametros - kundalang] — aylananing markazidan o‘tib, uning ikki qapama - qarshi nuqtasini birlashtiruvchi kesma. Chizmada aylana diametrining son qiymati oldiga Ø belgisi qo‘yiladi.
Dimetriya – aksonometriya turlaridan biri. Dimetriya to‘g‘riburchakli va qiyshiq burchakli turlarga bo‘linadi. To‘g‘ri burchakli diametriyada uchta aksonoqmetrik o‘qdan ikkitasi X va Z bo‘yicha o‘zgarish koeffiqienti bir xil k = n = 0,94 va uchinchi o‘q Y bo‘yicha o‘zgarish koeffiqienti m-0,47 qilib olinadi. Lekin chizmachilikda bu koeffisientlardan foydalanish noqulay bo‘lganligi uchun, standart bilan normallangan dimetrik proyeksiyadan foydalaniladi. Unda X va Z o‘qlari bo‘yicha o‘zgarish koeffiqientlari k=n=0,94 o‘rniga buyum o‘lchami o‘z kattaligida, Y o‘qi bo‘yicha o‘lchamning yarmi qo‘yiladi. Qiyshiq burchakli frontal dimetriyada aksonometriya o‘qning uchtasidan ikkitasi X va Z bo‘yicha o‘zgarish koeffisientiga bir xil k=n=1 va uchinchi o‘q Y bo‘yicha o‘zgarish koeffisienti m = 0,5 qilib olinadi. Bulardan tashqari standartda frontal izometrik proyeksiyalardan foydalanishga ham ruxsat berilgan. Unda Y o‘q bilan gorizontal chiziq orasidagi burchak 30° va 60° olinadi.
Direktrisa [fransuzcha direktrice - lotincha directrix — yo‘naltiruvchi]— parabola, giperbola va ellips egri chiziqlarida quyidagi xossaga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq: egri chiziqning istalgan nuqtasidan direktrisa va fokusgacha bo‘lgan masofalar nisbati doimiydir.
Izometriya—aksonometriya turlaridan biri. Izometriya to‘g‘ri burchakli va qiyshiq burchakli turlarga bo‘linadi. To‘gri burchakli izometriyada aksonometrik (X, Y va Z) o‘qlarning uchalasi bo‘yicha ham o‘zgarish koeffisenti bir xil: k=m=n—0,82 bo‘lib, aksonometrik o‘qlar orasidagi burchak 120° ga teng bo‘ladi. Lekin amalda o‘zgarish koeffisientlaridan foydalanish noqulay bo‘lganligi uchun, standart bilan belgilangan izometrik proyeksiyadan foydalaniladi. Unda aksonometrik o‘qlar bo‘yicha buyumning o‘lchamlari o‘z kattaligida olinadi.
Buyumning bu usul bilan hosil qilingan izometrik tasviri uning asliga nisbatan 1,22 marta katta bo‘ladi. Qiyshiq burchakli izometriya, ba`zan, g‘arbiy perspektiva deb ham yuritiladi. Unda uchala aksonometrik o‘q (X, U va Z) bo‘yicha o‘zgarish koiffisenti k = t=p=1 bo‘lib, X va Y o‘qlari orasidagi burchak 90° ga, X va Z, Y va Z o‘qlari orasidagi burchaklar 135° ga teng bo‘ladi. Izometriyaning bu turida predmet o‘z kattaligida tasvirlanadi. Bundan tashqari qiyshiq burchakli gorizontal izometrik proyeksiyalar yasashda Y o‘qining og‘ish burchagini 45° va 60° qilinib olishga ruxsat beradi. Lekin X va Y o‘qlari orasidagi burchak 90° bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |