O’chirg‘ich (rezinka). Chizmalarni chizishda xato va ortiqcha chiziqlarni o‘chirishda yumshoq o‘chirg‘ichlardan foydalaniladi. O‘chirg‘ich diogonali bo‘yicha ikkiga qirqib ishlatilsa, ba'zi joylardagi ortiqcha chiziqlarni osongina o‘chirsa bo‘ladi. 1.1.2-chizma
2-chizma
Gotovalnya (chizmachilik asboblari to‘plami). Aylanalarni chizadigan, chizmalarni o‘lchaydigan, chizmalarni tushlaydigan va boshqa ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan asboblar to‘plamiga gotovalnya deyiladi (1.1.3-chizma).
Chizmachilik sirkuli. Sirkullar chizadigan
4-chizma, a) va o‘lchaydigan (1.2.4chizma, b) bo‘ladi. Chizish sirkuli aylana va uning yoylarini chizishda ishlatiladi. Sirkulning asosiy qismlari – uzun oyog‘i va katta oyog‘i hamda qisqichi hisoblanadi. Aylana yoki
aylananing yoylari chizishga kirishishdan oldin
1.1.3-chizma sirkulning grafit sterjenini va ignasining uchlari
b aravar qilib olish kerak (1.1.4-chizma).
1.1.4-chizma
O‘lchagich yoki rejalash sirkuli. Chizmada o‘lchash chizg‘ichiga va chizg‘ichdan chizmaga o‘lchash hamda ko‘chirish uchun rejalash sirkulidan foydalaniladi. Sirkulga qalamli moslama o‘rniga ignali moslama o‘rnatilsa, rejalash sirkuli hosil bo‘ladi (1.1.4-chizma, c). Rejalash sirkulidan foydalanishda uning ignalik uchlarini barobar qilib olish zarur.
Xorij oliy o‘quv yurtlarida U10, U11 va U14 markali gotovalnyalardan foydalanish tavsiya etiladi. 1.1.5-chizmada sirkul turlari va ulardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.1
Qalam oyoqchali chizma sirkuli va uni ishlatish;
Sirkulning qalamli oyoqchasi;
Reysfederli oyoqchalar;
Sirkul uzaytirgich va uni ishlatish;
O‘z-o‘zidan tushuvchi qalam yoki reysfeder oyoqchali kronsirkul;
Kronsirkulni ishlatish usuli;
Igna oyoqli mikrometrik o‘lchagich:
Ko‘rsatilganlardan tashqari gotovalnyada vintni buraydigan asbob (otvyortkapenal), markazcha va ehtiyot qismlar bo‘ladi.
Hozirgi kunda ta’limda talabalar quyidagi sirkul to’plamlaridan foydalanib kelmoqdalar.
Chizma qog‘ozi. Chizma qog‘ozi yuqori sifatli B markali va oddiy O markali qog‘ozlar ishlab chiqariladi. Ikkala turdagi qog‘ozning o‘ng silliq va teskari g‘adir – budir tomonlari bo‘ladi. Chizmalar qog‘ozning o‘ng tomoniga chiziladi. Qog‘ozning orqa tomoniga akvarel bo‘yoqlarda rasm bajariladi.
B markali qog‘oz uzoq vaqt saqlanidagan muhim chizmalarni chizish uchun mo‘ljallangan va u O markaliga nisbatan qattiqroq va qalinroq bo‘ladi.
Tayanch so‘z: chizg‘ich, sirkul, burchaklik
Do'stlaringiz bilan baham: |