5.20-§. Prujinalar (O`zDSt 2.401:2003)
Prujinalardan deformasiya jarayonida hosil bo`ladigan mexanik energiyalarning ta`sir kuchini yutish va uzatishda foydalaniladi.
Prujinalar o`zining konstruksiyasiga qarab: silindrik, vintsimon, konussimon vintli, spiralsimon, tarelkasimon, plastinkali bo`ladi. Prujina o`rami ko`ndalang kesimda yumaloq, kvadrat, to`g`ri to`rt burchakli shakllardan iborat. Nagruzkalarni qabul qilish bo`yicha siqilish, cho`zilish, buralish va bukilish prujinalar mavjud. O`ramaning yo`nalishiga qarab prujinalar o`ng va chap yo`lli bo`ladi.
Prujinalarni shartli tasvirlash. Vintsimon prujinalarni tasvirlashda, uning har ikki tomonidagi tayanch o`ramalari bilan bir qatorda, bir-ikki o`rama chizilib, qolgan o`ramalari tasvirlanmaydi va ular o`ram kesimi markazlari orqali prujinaning butun uzunligi bo`yicha faqat o`q chiziq o`tkaziladi (5.20.1 -chizma).
-chizma
Soni to`rttadan oshiq bo`lgan tarelkasimon prujinalar paketini chizishda, har ikki tomonidan 2-3 prujinasi tasvirlanib, paketning shartli ko`rsatilmagan qismining konturi ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi (5.20.2 -chizma).
-chizma 5.20.3 -chizma
Spiral prujinalarning boshlang`ich va oxirgi o`ramlargina tasvirlanib, qolgan qismlari shtrix-punktir chiziq bilan chiziladi (5.20.3 -chizma).
Ko`p qatlamli plastinkali ressor turidagi prujinalarni prujina paketlarining tashqi konturi bo`yicha tasvirlash qabul qilingan (5.20.4 -chizma).
5.20.4 -chizma
Chizmada diametri yoki qalinligi 2 mm va undan kam bo`lgan vintsimon va plastikasimon prujinalar o`lchamlari 0,6…1,5 mm li yo`g`on chiziq bilan tasvirlanadi (5.20.5-chizma, a, b).
5.20.5-chizma
Prujinalar ish chizmalarida standartga muvofiq shartli chiziladi. Bunda silindrik va konussimon prujinalar o`ramlari, prujina konturining tegishli uchastkalarini tutashtiruvchi to`g`ri chiziqlar bilan ko`rsatiladi. Qirqimda prujina o`ramalari kesimlarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq tarzida tasvirlanadi.
Ish chizmalarida prujinalar doim erkin holatda tasvirlanadi. Vintsimon prujinalar gorizontal vaziyatda chiziladi (5.20.6-chizma). Diogrammada prujinaning erkin xolatdagi uzunligi va dastlabki kuch P1 eng katta ish kuch P2 va maksimal kuch P3 ta`siridan qanday o`zgarish ko`rsatiladi. Bu ma`lumotlar prujinani o`rnatish joyidagi nagruzka va o`lchamga mos kelishi lozim.
Ayrim prujinalarning ish chizmalaridagi tasviri va texnikaviy talablari parametrlari 5.20.1-5.20.6 – chizmalarda ko`rsatilgan. Ish chizmalarni bajarishda o`lchamlarning harfiy belgilari o`rniga ularning son qiymatlari ko`rsatiladi.
Prujinaninmg siqilgan tayanch o`ramalarini
5.20.6-chizma yasash misollari 5.20.7–chizma, a, b, c larda
k o`rsatilgan.
5.20.7-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |