KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Reabilitatsiya - (rehabilitation) bu kasallik, jarohat yoki holsizlantiruvchi vaziyatni boshidan o’tkazgan individuumlar uchun yo’naltirilgan aniq maqsadli jarayondir. Reabilitatsiyaga ko’ra, faolligi sustlashib qolgan individuum ilgari ushbu faoliyat sohasida adekvat faoliyat yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan. Reabilitatsiyaning maqsadi: insonlarni avvalgi holatiga qaytarish.
Reabilitatsiya tushunchasi insoniyat tarixida nisbatan yangi tushuncha hisoblanadi.
Kursni tugatish ishining predmeti: “ Ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya “ jamiyatda mansabi mavqeyi ijtimoiy kelib chiqishidan qatatiy nazar rebilitatsion holatga aytiladi. KURSNI TUGATISH ISHINING MAQSADI: Ijitimoiy pedagogik reabilitatsiya jamiyatda ijtimoiy jihatdan yoki qandaydir kasalik jarohat va holsizlantiruvchi vaziyatni boshidan o’tkazganlarni yana to’g’ri yo’lga qaytaris
KURSNI TUGATISH ISHINING VAZIFASI: 1.ijtimoiy reabilitatsiyani h o’rganish 2.mavzuni yanada kengroq yoritish 3.reabilitatsion jarayon ketma ketligini o’rganish.4imkoyati cheklangan bolalarga qanday qilib reabilitatsion yordam ko’rsatish 5. Xulqida og’ishishi bo’lgan insonlarga reabilitatsion olib boriladigan ishlar hususida.
I.BOB Ijtimoiy pedagogik yordam tavfsifi reabilitatsion xizmatning asosiy vazifalari.
1.1 Ijtimoiy pedagogik reabilitatsion yordam tavsifi.
Tezkor psixologik yordam kuchli stress xolatidagi odamlarga ko’rsatiladi. Ekstremal vaziyatlarda amalga oshiriladigan psixodiagnostika ishlari o’zining farqli tomonlariga ega. Vaqt etishmaganligi uchun standart diagnostik protseduralarni qo’llash imkoniyati bo’lmaydi. Amaliy psixolog faoliyati ham favqulotdagi sharoitga qarab aniqlanadi.
Ko’pgina ekstremal vaziyatlarda oddiy psixologik ta’sirning o’zini
qo’llash samara beradi. Hammasi ekstremal vaziyatlardagi psixologik ta’sir maqsadiga bog’liq: birinchi holatda dalda bo’lish, yordam berish kerak bo’lsa; boshqasida vahima, xabarlarni bostirish; uchinchisida so’zlashuvlar o’tkazish kerak.
Ekstremal vaziyatlar ta’sirida psixologik jarohatni boshdan
kechirganlarga yordam berishning asosiy tamoyillari:
• kechiktirib bo’lmaslik- jaroxatlanuvchiga yordam iloji boricha
tezroq ko’rsatilishi kerakligini bildiradi;
• hodisa joyiga yaqinlashish- tamoyilini mazmuni shundaki, odatiy sharoitda va ijtimoiy qurshovda o’tkazishdan iborat;
• normal holat tiklanishini kutish- stress vaziyatini boshdan
kechirgan shaxs bilan normal odam bilan munosabatda bo’lgandek gaplashish kerak, bemor kabi emas. Normal hayot qaytishiga ishonchni qo’llab quvvatlash zarur;
• psixologik ta’sir birligi tamoyili ostida shu tushuniladiki, uning manbai yo bir shaxs, yo psixologik yordam protsedurasi hamma uchun birdek bo’lishi kerak;
• psixologik ta’sir oddiyligi shuki, shikastlanuvchini jarohat joyidan olib ketishni, egulik, dam, xavfsiz muhit va unga tinchlanish imkonini berish kerak.
Tezkor psixologik yordamning ikkita asosiy funktsiyalari mavjud:
-amaliy: aholiga bevosita tezkor psixologik va tibbiy yordam (zarur bo’lganda) ko’rsatish;
-koordinatsion: maxsuslashtirilgan psixologik xizmat aloqalarini va o’zaro hamkorlikni ta’minlash.
Psixoprofilaktikani o’tkazish 2 yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi-aholini sog’lom qismi bilan profilaktika o’tkazish. Ikkinchi yo’nalish nerv psixik buzilishlari rivojlangan shaxslar bilan psixoprofilaktika ishlarini olib borish.
Ekstremal vaziyatlarda insonda quyidagi simptomlar paydo bo’lishi mumkin: alahsirash, gallyutsinatsiya, apatiya, harakat qo’zg’aluvchanligi, stupor, agressiya, qo’rquv, isterika, nerv titrog’i, yig’i.
Yuqoridagi vaziyatlarda psixolog yordami birinchi navbatda nerv
"razryadka"si uchun sharoit yaratishdan iborat. Alahsirash va gallyutsinatsiya. Inqirozli vaziyat insonda kuchli stressga, kuchli nerv zo’riqishiga, organizmda muvozanatni buzilishiga, nafaqat jismoniy, balki psixik sog’lig’iga ham ta’sir qiladi. Bu mavjud psixik kasallikni zo’raytirishi mumkin.
Alahsirashni asosiy belgisiga jarohatlantiruvchini noto’g’riligiga
ishontirib bo’lmaydigan yolg’on tasavvurlar yoki xulosa chiqarishlar kiradi.Gallyutsinatsiyada esa ayni damda sezgi organlariga ta’sir etmayotgan xayoliy ob’ektlar mavjudligi xissini boshdan kechirish kuzatiladi (ovozlar eshitish, yo’q odamlarni ko’rish, hid sezish...)
Bunday holda:
1. Tezkor psixologik yordamni kutish, tibbiyot xodimlariga murojaat qiling;
2. Soha xodimlari kelgunigacha jaroxatlanuvchi o’ziga atrofdagilarga zarar etazmasligini kuzatib turing. Undagi xavf tug’diruvchi predmetlarni olib qo’ying;
3. Jaroxatlanuvchini izolyatsiyalang va bir o’zini qoldirmang;
4. Jaroxatlanuvchi bilan tinch ovozda gaplashing. Uni gapini
ma’qullang, ishontirishga harakat qilmang.
Apatiya uzoq zo’riqishdan, samarasiz ishdan yuzaga keladi; yoki jiddiy omadsizlikdan, o’z faoliyati mazmunini ko’ra olish to’xtaganidan; yoki falokatga uchragan yaqin odamini qutqarib qololmay xalok bo’lganidan kelib chiqadi.
Apatiyada charchoq xissi paydo bo’ladi harakat qilgisi ham, gapirgisi ham kelmaydi. Harakat va so’z juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi.
Qalbida bo’shlik, befarqlik, hissiyotni ham namoyon qilishiga kuch yo’qligi kuzatiladi. Agar insonni bu holatida yordamsiz, ko’maksiz qoldirsa apatiya depressiya (qiynoqli og’ir emotsiya, xulqdagi passivlik, aybdorlik hissi, hayotdagi qiyinchilik oldida ojizlik)ga o’tib ketadi.
Apatiya bir necha soatdan bir necha haftagacha cho’zilishi mumkin.
Apatiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat
• atrofdagilarga befarq munosabat;
• tormozlanish, lanjlik;
• sekin, uzoq pauzali nutq.
Apatiya holatiga tushgan odam bilan qilinadigan ishlar:
1. Jaroxatlanuvchi bilan gaplashish.
2. Unga bir qancha oddiy savollar berish: "Isming nima?", "O’zingni
qanday his qilyapsan?", "Biror narsa eysanmi?".
3. Jaroxatlanuvchini dam olish joyiga kuzatib qo’yish, qulay joylashishiga yordam berish (oyoq kiyimini albatta echish).
4. Jaroxatlanuvchini qo’lini ushlash yoki o’z qo’lingizni peshonasiga qo’yish.
5. Jaroxatlanuvchiga uxlab olish yoki shunchaki dam olish imkonini berish.
6. Dam olishga imkon bo’lmasa, jaroxatlanuvchi bilan ko’proq
gaplashish, uni istalgan hamkorlikdagi faoliyatga jalb qilish (aylanish, choy yoki kofe ichishga borish, atrofdagilarga, yordamga muxtojlarga
yordamlashish).
Harakat qo’zg’aluvchanligi. Ayrim xollarda inqirozli vaziyatlar zarbidan inson atrofda nima bo’layotganini tushunishdan to’xtaydi. U dushman qaerda, qutqaruvchilar qaerda, xavf qaerda ekanini aniqlay olmay qoladi. Inson mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini yo’qotadi, qafasga tushgan hayvonga o’xshab qoladi.
Stupor organizmning eng kuchli himoya reaktsiyalaridan biri. U kuchli nerv iztirobidan keyin boshlanadi (portlash, bosqinchilik, shafqatsiz zo’ravonlik). Bunda inson yashab qolish uchun juda ko’p energiya sarflagani sababli, unda atrof olam bilan kontaktga kirishish uchun kuch qolmaydi.Stupor bir necha minutdan bir necha soatgacha cho’zilishi mumkin.
Shuning uchun yordam ko’rsatilmasa va jaroxatlanuvchi shu holatda uzoq qolib ketsa, bu uni jismoniy madorsizlikka olib keladi. Atrof olam bilan kontakt bo’lmaganligi sababli jaroxatlanuvchi xavfni sezmaydi va undan qutilish choralarini qo’llamaydi.
Asosiy omillari:
• ixtiyoriy harakat va nutqni yo’qligi yoki uni birdaniga pasayishi;
• tashqi qo’zg’atuvchilarga (yorug’lik, shovqin, tegish) reaktsiyaning yo’qligi;
• bir pozada qotib qolish, karaxtlik, to’liq harakatsizlik holati;
• ayrim muskul guruhlarida zo’riqish bo’lishi mumkin.
Reabilitatsiya - (rehabilitation) bu kasallik, jarohat yoki holsizlantiruvchi vaziyatni boshidan o’tkazgan individuumlar uchun yo’naltirilgan aniq maqsadli jarayondir. Reabilitatsiyaga ko’ra, faolligi sustlashib qolgan individuum ilgari ushbu faoliyat sohasida adekvat faoliyat yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan. Reabilitatsiyaning maqsadi: insonlarni avvalgi holatiga qaytarish.
Reabilitatsiya tushunchasi insoniyat tarixida nisbatan yangi tushuncha hisoblanadi.
K. Renner va G.Yumashevga ko’ra reabilitatsiya - bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya - bu insonni ijtimoiy mavqei, sog’ligi, ishga loqaytlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reablitatsion faoliyatini turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiymehnat, ijtimoiy-psilxologik, ijtimoiy-rolli, ijtimoiy-huquqiy...
Ijtimoiy- psixologik reabilitatsiya mijoz (nogirin va boshqalar)ga
jamiyatda va atrof muhitda adaptatsiya jarayoni samarali kechishiga, ma’naviy-psixologik muvozanatga erishishga,o’ziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, to’liq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi.
Shunday qilib reablitatsiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Kasallar, nogironlar, hamda boshqalarning qobiliyatini funktsional tiklash
2.Mehnatga moslashish (mehnatterapiya);
3.Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reablitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funktsiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qo’shiluvi.
Ijtimoiy psixologik reablitatsiya ob’ekti: kasal va nogironlar bilan bir qatorda nafaqaxo’r va keksalar; bomjlar qarovsiz va ko’chada qolgan bolalar hamda o’smirlar; ishsizlar, qochoqlar va migrantlar; ekstremal vaziyatga tushgan odamlar; hukmni o’tayotganlar va ozodlikka chiqqanlar; alkogoliklar va giyohvandlar kabilar hisoblanadi
Ijtimoiy-psixologik reabilitasiyaning ob’ektini umumlashtirib guruhga ajratish mumkin:
1. Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (etimlar, nogironlar va boshqalar);
2. Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar);
3. Xulqi og’ishgan shaxslar (xukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |