1.2 Ijtimoiy pedagogik reabilitatsion xizmatning asosiy vazifalari .
Reabilitatsiya - (rehabilitation) bu kasallik, jarohat yoki holsizlantiruvchivaziyatni boshidan o’tkazgan individuumlar uchun yo’naltirilgan aniqmaqsadli jarayondir. Reabilitatsiyaga ko’ra, faolligi sustlashib qolgan individuum ilgari ushbu faoliyat sohasida adekvat faoliyat yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan.
Reabilitatsiyaning maqsadi: insonlarni avvalgi holatiga qaytarish.Reabilitatsiya tushunchasi insoniyat tarixida nisbatan yangi tushuncha hisoblanadi.
K. Renner va G.Yumashevga ko’ra reabilitatsiya - bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya - bu insonni ijtimoiy mavqei, sog’ligi, ishgaloqaytlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reablitatsion faoliyatini turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiy-mehnat, ijtimoiy-psilxologik, ijtimoiy-rolli, ijtimoiy-huquqiy...
Ijtimoiy- psixologik reabilitatsiya mijoz (nogirin va boshqalar)ga
jamiyatda va atrof muhitda adaptatsiya jarayoni samarali kechishiga,
ma’naviy-psixologik muvozanatga erishishga,o’ziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, to’liq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi.
Shunday qilib reablitatsiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Kasallar, nogironlar, hamda boshqalarning qobiliyatini funktsional tiklash
2.Mehnatga moslashish (mehnatterapiya);
3.Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reablitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funktsiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qo’shiluvi.
Ijtimoiy psixologik reablitatsiya ob’ekti: kasal va nogironlar bilan bir qatorda nafaqaxo’r va keksalar; bomjlar qarovsiz va ko’chada qolgan bolalar hamda o’smirlar; ishsizlar, qochoqlar va migrantlar; ekstremal vaziyatga tushgan odamlar; hukmni o’tayotganlar va ozodlikka chiqqanlar; alkogoliklar va giyohvandlar kabilar hisoblanadi
Ijtimoiy-psixologik reabilitasiyaning ob’ektini umumlashtirib 3 guruhga ajratish mumkin:
1. Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (etimlar, nogironlar va
boshqalar);
2. Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar);
3. Xulqi og’ishgan shaxslar (xukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar).
2-reja bayoni
Dunyo bo’ylab so’nggi yillarda ekstremal vaziyatlar (texnogen va tabiiy ofatlar, millatlararo nizolar, terroristik aktlar) soni o’sib bormoqda. Bu esa yuqoridagi vaziyatlar qurbonlariga tezkorlik bilan psixologik yordam ko’rsatishga qodir mutaxassislarni tayyorlash zaruratini tug’dirmoqda.
Ekstremal vaziyatlarda aholiga ekstremal psixologik yordam ko’rsatish muammosi o’ta muhim va aktualligiga qaramay hozirgi kunda bu vazifalar hozirgi kunga qadar psixologlar uchun yangi o’rganilmaganligicha qolmoqda.
80 yillar oxirida paydo bo’lgan jarohatdan keyingi buzilishlar "psixik jarohat" tushunchasi bilan nomlana boshlandi. Inson tomonidan hodisa uning mavjud bo’lishi uchun havf tug’dirayotgandek, normal hayot faoliyatini bo’zayotgandek va u uchun jarohatlovchi voqeadek, ya’ni ma’lum turdagi iztirob qayg’u sifatida idrok etiladi.
Psixolog va psixoterapevtlar borgan sayin ko’proq psixik jarohat olgan odamlar bilan ishlashlariga to’g’ri kelmoqda, bularga: majburan
ko’chirilganlar va qochoqlar, garovga olingan qurbonlar, bosqinchilik,
otishmalar, qarindoshlari o’limini, talonchilik bosqinlarini, shuningdek keng masshtabli tabiiy va texnogen fojealarni boshidan kechirgan insonlar misol bo’la oladi.
Psixologik jarohatni asosiy mazmunini hayot ma’lum tartibga muvofiq tuzilganligi va nazorat qilinishi mumkinligiga ishonchni yo’qolishini tashqil etadi.
Olingan jarohat vaqtni idrok qilishga ham ta’sir ko’rsatadi va uning ta’siri ostida o’tgan, hozirgi va kelajak zamonni ko’rish ham o’zgaradi.
Ilgari mutaxassislarimizni estremal vaziyatlarda o’limlar soni, jismoniy kasallar va jarohatlar bezovta qilgan bo’lsa, hozir esa aholining undan keyingi psixo-ijtimoiy va ma’naviy sog’ligi oqibatlari tashvishlantirmoq da.
Psixojarohatni boshdan kechirgan odamlar orasidan 80% normal faoliyat yuritmoqda, 20% esa ozgina vaqtdan keyin (2-6 oy) hayotining bir yoki bir qancha sohasida u yoki bu muammolar paydo bo’la boshlaydi.
Tadqiqotchilarning kuzatishiga ko’ra, psixik holatga odamlarni qasddan rejalashtirgan harakatlaridan yuzaga keluvchi fojelar og’irroq ta’sir etadi.
Ehtiyotkorlik yoki sharoit tasodifiga ko’ra yuz bergan texnogen fojealarga nisbatan kamroq qayg’uriladi.
Deviant xulq-atvorga ega o’smirlar bilan ishlashning reabilitatsiya dasturlarini tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy hislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. U uchun muvaffaqiyat vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvorida ijobiy hislatlarni topish kerak va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda maktabdagi surunkali muvaffaqiyatsizliklardan so’ng o’smirlar umidsizlikka tushishadi, o’z kuchlariga ishonch yo’qoladi. Bunday o’smir uchun keyingi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhim bo’lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbiy o’z-o’zini anglab olish muhimi bo’lib bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog bilan hamkorlikdagi faoliyati uning kelajakdagi kasbini aniqlashga qaratiladi.
3. Uning keyingi kasbiy taqdiri bilan bog’liq faoliyatdan tashqari deviant xulq-atvorli bolani u uchun ahamiyatli bo’lgan ijtimoiy faoliyatga jalb qilish ham lozimdir. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda bu holatda nafaqat u yoki bu faoliyat turiga nisbatan o’zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Amaliyotning guvohlik berishicha qiyin tarbiyalanadigan bolalarda boshqa o’quvchilarga qaraganda bo’sh vaqti 4 marta ziyoddir.
4. O’smir bilan o’zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptatsiya bo’lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo’qligi sababli har qanday tarbiyaviy ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qattiq qarshilikka duch keladi. Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |