Tayanch so‘zlar:
Pedagogik mahorat, innovatsiya, ,,Event and Reason”(hodisa va sabab)
innovatsion texnologiyasi,
,,Pedagogik mahorat” tushunchasini ensiklopedik lug‘atdan qarasak, bu ta’lim va tarbiya
jarayonini rivojlantirib yuksak darajaga olib chiqish san’ati. Buning uchun pedagog ishini
va bolalarni sevishi va ularga bor mehrini berishi kerak. Buning uchun esa pedagog har bir
darsni ilm-fan texnika hamda innovatsion texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda tashkil
etishi kerak. Shu maqsadda ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da alohida ta’kidlangan milliy
model: O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, unda ilg‘or fan-texnika hamda
innovatsion texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr – yetuk mutaxassis qiyofasini
ifodalovchi xujjatdir.Innovatsiya (inglizcha “innovation”) – yangilik kiritish, yangilik degan
ma’nolarni anglatadi. Bu termin hozirgi zamonda barcha sohalar qatori ilm-fan tarmoqlariga
kirib keldi. Yanggi innovatsiyalarni joriy qilish birmuncha qiyin vazifadir. Buning uchun esa
yuqorida aytganimizdek pedagogik mahoratga ega kadrlar kerak.Fizikani o‘qitishda innovatsion
texnolgiyalarning asosiy vazifasi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– bo‘lajak o‘qituvchiga zarur bo‘lgan pedagogik-psixologik fan adabiyotlari bilan samarali
ishlashni ko‘rsatish;
– dastur asosida o‘quv materiallarni didaktik tuzush va takomillashtirib kamchiliklarni
to‘ldirib borish;
– o‘qtishni eng samarali metodlari va usullarini ishlab chiqish, tekshirish, qo‘llash;
– o‘qitishda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan amaliyotda foydalangan
holda kerakli metodik hujjatlarni (dars ishlanma, konspekt, ochiq dars, o‘quv sayohatlari) tuzish;
– o‘quvchini ijodkor, erkin fikrlovchi, komil va har tomonlama rivojlangan shaxsni
shakllantiruvchi bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
Fizikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar – pedagogik fanlardan biri bo‘lib, uning paydo
bo‘lishi va rivojlanishida ilmiy-nazariy ma’lumotlarni innovatsion metodlardan foydalangan
holda o‘quvchilarga yetkazib berishdir. Shunday qilib fizika uzoq yillardan beri o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan holda nazariy fan sifatida rivojlanib kelmoqda. Innovator o‘qituvchi zimmasiga
ma’sulyatlar yuklanadi, ya’ni joriy qilinayotgan yangilik nechog‘lik samara beradi buni esa
pedagogik tajribalar yordamida statistik ma’lumotlar yig‘ish va qanday yutuqlarga ega bo‘lish
mumkin. Buning ortidan olingan natijalar innovator o‘qituvchining ish faoliyatini rivojlanishiga
katta yordam beradi. O‘zbekistonda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda ta’lim tizimiga
birinchilardan bo‘lib kirdi. Ta’lim mazmuniga innovatsiya an’anaviy, noan’anaviy va masofaviy
o‘qitish turlarini kirib kelishi bilan izohlanadi. O‘qitish tizimiga kirib kelgan innovatsiyalarni
metodlarida, dars shakli, o‘qitish turlari, o‘qitish vositalarida ko‘rishimiz mumkin. Demak
o‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi bu – kreativlikdir. Fizika faniga ,,Event and
Reason”(hodisa va sabab) innovatsion texnologiyasi. Ushbu texnologiya tinglovchiga tarqatilgan
oddiy qog‘ozga o‘z fikrini aniq qisqa holatda ifodalab tasdiqlovchi va inkor etuvchi fikrlarni bayon
etishga yordam b eradi. Bu innovatsion o‘yin biror bobni yoki bo‘limni takrorlashda o‘tkazish
ma’qul. Turli hayotiy misollar bilan hodisani yoki qonunlarni tushuntirishda samaradorligi yuqori.
O‘quvchi bu o‘yinda qatnashib tezkor fikrlashga, fikrlash tezkorligini oshiribgina qolmay,
o‘z xotirasini mustahkamlaydi. O‘yin tezkor savol-javoblar asosida o‘tkaziladi. Masalan
23
Do'stlaringiz bilan baham: |