Тошкент-2021 3 Июнь 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/114
Sana23.06.2022
Hajmi2,37 Mb.
#695234
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Annotatsiya: 
Ushbu maqolada nutqning insonlar hayotida tutgan o‘rni, boshlang‘ich sinflarda 
nutq o‘stirish bilan bog‘liq jarayonlarga to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: 
nutq, nutq o‘stirish, ona tili, o‘qish, alifbe, so‘z, gap, tovush, ta’lim.
Bugungi kunda milliy va umuminsoniy ruhda tarbiya topgan, yuksak ma’naviyatga ega, 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘nalishini modernizatsiya qilish va zamonaviy 
demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi keng qamrovli vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan yangi 
avlod kadrlarini tayyorlash masalasi xalqimiz oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarni amalga oshirishda 
muhim va asosiy vazifa hisoblanadi. Zamon talabidan kelib chiqib ta’lim tizimining maqsad va 
vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda boshlang‘ich ta’lim sohasiga chuqur mas’uliyat 
bilan yondashish talab qilinmoqda. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchining savodini 
chiqarish bilan birgalikda ularning dunyoqarashini ham shakllantirib boradi.
Insonlar hayotida nutqning ahamiyatliligi shundaki, unda kishining o‘y-fikrlari shakllanadi va 
mavjud bo‘ladi. Nutq va tafakkur ishtirokida borliqni umumlashgan holda mavhum aks ettirish, 
individuallik doirasidan chiqib jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash 
mumkin bo‘ladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o‘y 
xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon bo‘lishi va amal qilishida, kishi ongining 
rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirish ona tili 
o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslaninggina 
emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlarning, shuningdek, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan 
tadbirlarning ham asosiy vazifasidir. 
Avvalo, bolaga nutq o‘stirishdagi dastlabki poydevor 1-sinfdan alifbe darslarida qo‘yiladi. 
Tovushlarni aniq talaffuz qilib, bo‘g‘inlarni birlashtirib so‘zning yozuvdagi ifodasini o‘qiyotgan 
o‘quvchiga asta-sekin mustaqil ravishda matnlarni o‘qish va uni nutqida ifodalash o‘rgatilar ekan, 
bu nutq o‘stirish va savod chiqarish jarayonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda birgalikda amalga 
oshirib borishni taqazo etadi. O‘quvchida o‘qish savodxonligi yaxshi amalga oshirilmas ekan 
bu nafaqat bola nutqining mukammal bo‘lishi, bora-bora boshqa fanlarni o‘zlashtirilishida ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytib o‘tish lozim. Ertak, hikoya, yirik she’rlar, ilmiy ma’lumot, umuman 
olganda, o‘quvchi uchun katta hajmdagi matnlarni o‘qish birmuncha qiyinlashib boradi, ya’ni 
matnni o‘qish davomida bolaning diqqat kuchi voqelikni tasavvur qilishga emas, o‘qilayotgan 
so‘zni tushunishga qaratilgan bo‘ladi. Bo‘g‘inlab yoki juda sekin o‘qilayotgan so‘zning nima 
ekanligi anglangunga qadar gapning eng avvalidagi so‘zni o‘quvchi unutib qo‘yadi. Unutilgan 
so‘zlarsiz esa gapni yaxlitligicha tasavvur etib bo‘lmaydi. Tasavvur qilmas ekan bola uchun o‘qish 
jarayoni tushunarsiz va zerikarli holatga aylanib boradi. Tabiiyki, bu holatlar o‘quvchining bilim 
olishidan, kitobdan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. O‘quvchining istiqbolli kelajagiga salbiy ta’sir 
qiladigan mana shunday xatolarga sabab bo‘luvchi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishda 
o‘qituvchilar va ota-onalardan ta’lim-tarbiyaga doimiy sinchkov nazorat bilan yondashish talab 
qilinadi.
Ona tili o‘qitish metodikasi darsligida nutq o‘stirishda quyidagi uch yo‘nalish aniq belgilab 
qo‘yilgan: 1) so‘z ustida ishlash; 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog‘lanishli nutq ustida 
ishlash. Bu yo‘nalishlar parallel ravishda olib boriladi: lug‘at ishi gap uchun material beradi; so‘z, 
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash bog‘lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z navbatida, bog‘lanishli 
hikoya va insho lug‘atni boyitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ona tili darslarida ichki va yozma nutqni rivojlantirish, o‘quvchilar lug‘atini ma’nodosh, 
shakldosh, zid ma’noli so‘zlar bilan boyitish uchun keng imkoniyat mavjud. Grammatikani 
o‘rganish va o‘qish darslarida o‘quvchilar bajaradigan so‘z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga 
doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda yordam beradi. Bu darslarda tilni maxsus 
o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gapni eshitishga va talaffuz qilishga 


68

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish