Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
O’ZBEK TILI O’QITISH METODIKASI FANINING PREDMETI. MAQSAD VA
VAZIFALARI. UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Ibragimova Yorqinoy Zokirovna
Xorazm viloyati shovot tumani 46-son
umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:yorqinoy46maktab@umail.uz
Pirjonova Zulfiya Nurjonovna
Xorazm viloyati shovot tumani 46-son umumiy
o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:zulfiya46maktab@umail.uz
Otajonova Shirinoy Narimboyevna
Xorazm viloyati shovot tumani 38-son umumiy
o’rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:yorqinoy46maktab@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek tili o’qitilish metodikasi fanining predmeti,maqsad va
vazifalari,uning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida mulohazalar yuritiladi.
Metod so’zi yunoncha (metod) so’zidan olingan bo’lib, yo’l, usul degan ma’noni bildiradi.
O’zbek tili o’qitish metodikasi fani O’zbekistondagi ta’lim maktablarida o’zbek tilini o’qitish
yo’l-yo’riqlarini o’rgatuvchi fandir. Mazkur fan, bir tomondan, pedagogikaga oid fanlar turkumiga
kiradi. Ikkinchi tomondan, uning o’z tekshirish ob’yekti bo’lib, mustaqil fan sifatida ayrim
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu fan ona tilini o’rgatish vositalari hamda shart-sharoitlari,
shuningdek, tilni o’zlashtirish qonuniyatlari haqida bahs yuritadi.
Ona tili o’qitish metodikasining maqsadi quyidagilardir:
I. Ona tili ta’limi oldiga qo’yilgan muhim talab - o’quvchilar tafakkurini rivojlantirish.
Tafakkurni o’stirish ona tili mashg’ulotlarida maxsus aqliy faoliyat usullari -til hodisalarini
kuzatish, taqqoslash, guruhlash, ajratish, umumlashtirish, o’xshash hodisalarni ichidan nutq
sharoiti uchun eng qulayini to’g’ri tanlay olish ko’nikmalarini shakllantirishda voqea bo’ladi.
2. Til ta’limi oldidagi muhim va murakkab yana bir maqsad-o’quvchilarning nutq madaniyatini
rivojlantirish. Albatta, til madaniyati juda katta va keng soha bo’lib, u o’quvchilarning kundalik
oddiy salomidan tortib kimga, nimani, qayerda, qachon, qanday, so’zlashishgacha bo’lgan barcha
nutqiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ona tili mashg’ulotlari fikrni bayon qilishda nutqning badiiy
qimmatini oshiradigan vositalar: maqollardan, frazeologik birikmalardan, badiiy asarlardan
olingan o’tkir ko’chirma va yorqin obrazlardan, o’zbek xalqining qochiriq so’zlaridan, o’xshatish,
sifatlash, jonlantirish, mubolag’a kabi badiiy tasvir vositalaridan, ritorik so’roq gaplaridan
foydalanishga o’rgatmog’i lozim. O’quvchilar nutqining ifodaligi va ta’sirchanligiga erishish
ham til ta’limi oldidagi muhim talablardan biridir.
3. Til ta’limi o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish vositasi hamdir. Shaxsning bilim
olishi, rivojlanishi, tarbiyalanishi bir butun jarayon bo’lib, biri ikkinchisidan ajratilmagan
holda olib boriladi. Ona tilining barcha bo’limlari bu muhim maqsadni amalga oshirishda katta
imkoniyatlarga ega: masalan, o’zbek tili fonetikasini o’rgatishda tovush tizimining xususiyatlarini
ko’rsatish orqali o’quvchilarning talaffuzi yaxshilanadi. So’zdagi ma’lum bir tovushni o’zgartirish
orqali qofiyali so’zlar hosil qilish, misralar oxiridagi tovushdoshlik, ohangdoshlik ustida ishlash
orqali o’quvchilardagi she’riyatga havas uyg’onadi.
4. O’quvchilar so’zning o’z ma’nosi va ko’chma ma’nosi ustida ishlar ekanlar, shu til
bilan bajariladigan o’quv topshiriqlari, foydalaniladigan rasmlar, diafilmlar, badiiy asarlarning
namunalari muhim tarbiya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Demak, ona tili ta’limining maqsadi -
ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiy, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr maxsulini nutq sharoitiga
mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish
hamda rivojlantirishdir. Ona tili o’qitish oldiga qo’yilgan yuqoridagi murakkab ishlar metodika
maqsadini belgilab beradi.
Ona tili o’qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Ona tili predmetining hajmi, mundarijasi, maqsadi, o’ziga xos xususiyatlari, kursning
57
Do'stlaringiz bilan baham: |