Kalit so‘zlar:
Innovatsion texnologiya, BKM, AKT, multimediya ilovalari, o‘quvchilrning
yosh va individual xususiyatlari.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash pedagog
faoliyatining muhim qirrasiga aylanib bormoqda. Shunday ekan, zamonaviy AKT larning o‘quv
jarayonig tatbiqi yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni o‘zida jam etgan ilmiy adabiyotlar
salmog‘ining ham ortib borayotgani tabiiy holdir. O‘zining pedagogik faoliyatini boshlayotgan
yosh o‘qituvchilar oldida turli innovatsion texnologiyalarni yaxlit bir tizim sifatida idrok etish,
ularning umumiy tamoyillari qaysi nuqtalarda birlashishini tushunib yetish hamda ularning
afzallilari qanday asosga egaligini anglay bilishdek muhim va har doim ham oson bo‘lmagan
vazifa turadi. Dars jarayonida multimediya ilovalaridan foydalanish o‘quvchilar faoliyatini
faollashtirish, ularda muayyan ko‘nikmalarni tarkib toptirish jarayonini jadallashtiradi. Bu esa
o‘z navbatida bilim sifati va samaradorligining oshishiga imkon beradi.
Eng muhim elektron darsliklari multimediyalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi o‘qituvchi va
o‘quvchi vaqtini tejash imkonini beradi. O‘qituvchi bir soat dars davomida barcha o‘quvchilarning
BKM larini aniqlab olishligi talab qilinayotgan bir paytda zamonaviy dars texnologiyalaridan
foydalangan holda darslarni tashkillash zamon talabidir. Hozirgi kunga kelib, dars jarayonini
to‘la-to‘kis aks ettiradigan, fan va o‘zlashtiriladigan mavzu nuqtai-nazaridan kelib chiqib,
o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv materialini bir
soatli dars davomida o‘zlashtirishga mo‘ljallangan multimedia ilovalari yaratilmoqda.
Darslarning elektron vositalar orqali tashkil etilishi o‘quvchilar e’tiborini an’anaviy darslarga
nisbatan ko‘proq jalb etadi. Chunki har bir dars kichik senariy asosida tashkil etiladi va unda
asosiy rollar o‘quvchilar va o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni butun dars jarayonini
jonli tarzda o‘tish, monitorda namoyish etilayotgan narsa va hodisalar, jarayonlar, matnlarning
video tasviri, o‘yinlar, testlar orqali mustahkamlashning yaqqol aks ettirilishi o‘quvchilarning
fanga va mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Ularni kengroq bilim olishga undaydi.
Maktab ostonasiga endi qadam qo‘yayotgan yosh o‘qituvchi turli innovatsion texnologiyalarni
yaxlit bir tizim sifatida idrok etgan holda, ularning umumiy tamoyillarini qaysi nuqtalarda
birlashishini tushunib yetishi lozimligini yuqorida ta’kidlagan edik. Dars tahlillari jarayonida
ayrim hollarda mundarijasi turli innovatsion metodlarga to‘liq, lekin ularning mohiyat e’tibori
nazardan soqit qilingan va shu sababli kutilgan samarali natijalarga erishilmagan darslarning
guvohi bo‘ldik. Demak, yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini shakllantirishda zamonaviy
texnologiyalarni ko‘r-ko‘rona emas, balki ilmiy-nazariy asoslarini anglagan holda qo‘llashga
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Fikrimizcha, yosh mutaxassis innovatsion texnologiya tatbiqini
pedagogik jarayondagi inqilobiy o‘zgarish, ya’ni ana’anaviy metodlardan butunlay voz kechish
deb tushunmasligin kerak. Aksincha buni innovatsion va an’naviy metodlarning oqilona
uyg‘unligidan tashkil topgan evolyutsion jarayon deb qarashini to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Muhimi
har ikkala turdagi metodlarni qo‘llashda o‘quvchi shaxsiga gumanistik munosabatni saqlab
qolishdir. O‘qituvchi turli nomdagi innovatsion texnologiyalardan foydalanar ekan, bu orqali
ijtimoiy fuqarolik pozitsiyasini to‘la egallay oladigan shaxslarni shakllantirib bera olishini yodda
tutishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagilarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:
- Mustaqil tanqidiy fikrlash, real hayotdagi muammolarni ko‘ra olish va ularning yechimini
topa bilish;
- Ijodiy fikrlash va yangi g‘oyalar bera olish;
- Kompetensiyaga uyg‘unlashgan o‘quv-biluv materiallarini amalda qo‘llay olish;
- Axbotorlar bilan yuqori saviyada ishlay olish, ma’lum bir muammoni yechish uchun ker-
akli axborotlarni tanlay olish va ularni to‘plash;
49
Do'stlaringiz bilan baham: |