Тошкент-2021 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент апрель 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/181
Sana25.02.2022
Hajmi3,54 Mb.
#303200
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   181
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti.
2. M. E. Musayeva, G. T. Boymurodova, A. K. Otaboyev. D. T. Po‘latova, M. J. Abdullayeva 
, “Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlar”, T. : 2016.
3. R. Yo‘ldoshev, R. Xusainova, U. Bobojonov “Ta’limning interfaol metodlari”, Ur-
ganch-2011.
4. J.G‘. Yo‘ldoshev “ta’lim yangilanish yo‘lida”, Toshkent: “O‘qituvchi”, 2000.


138
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY INSONIYLIK XISLATLARI 
BILAN TANISHTIRISH
Sa’dullayeva Yulduz Yusubboyevna
Xorazm viloyati, Shovot tumani 
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada kasbga bo‘lgan qiziqishlar, qolaversa har bir kasbga lozim 
bo‘lgan milliy qadriyatlar, insoniylik xislatlarining ayrimlari ta’riflab o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar
: aqllilik, odoblilik, odobsizlik, bilimlilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, milliy 
g‘urur, vatanparvarlik, xushmuomalalik, pokizalik, faollik, 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qaratilayotgan e’tibor, xususan, ularda 
ta’lim sifatini oshirish, ijodkor, mustaqil o‘z hayot yo‘lini tanlay biladigan barkamol insonlarni 
tayyorlash muammosini o‘rganishga nisbatan ilmiy ehtiyoj doimo mavjud. Bugungi kunda 
zamonaviy pedagog mutaxassislarni tayyorlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib
uning samaradorligi bevosita kasbga bo‘lgan qiziqish tadbirlarini tashkil etish bilan asoslanadi. 
O‘qituvchilar shaxsning kasblar olamiga azal-azaldan e’tibor qaratib kelishgan va har bir zamon 
talabidan kelib chiqib, o‘qituvchiga bu borada qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib 
boravergan. 
Tarixda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus faoliyat sifatida shakllanib borishi barobarida, uning 
yakunida tarbiyalanuvchilarning sifatlari, ya’ni ta’limiy maqsadlariga ham aniqlik kiritilgan. Biz 
quyida kasblarga bo‘lgan qiziqishlar, qolaversa har bir kasbda lozim bo‘lgan milliy insoniylik 
xislatlarining ba’zilariga ta’rif berishga harakat qildik. 
Aqllilik – bu tushunchaning lug‘aviy ma’nosi fikr yuritmoq, bilmoq degan mazmunni bildiradi. 
Shunday ekan, ma’lum kasb egasi qanchalik ko‘p fikr yuritib, ko‘p bilimga ega bo‘lsa, shunchalik 
aqlli hisoblanadi. Lekin odam chuqur fikr yuritmay boshqalardan ko‘rgan, eshitganlarini, 
kitoblardan o‘qiganlarini hamda ustoz muallimlar aytganini esda saqlab qolib, shu yo‘llar bilan 
olingan bilimlarga amal qilib yurishi ham mumkin. 
Odoblilik – ayrim kasblarda inson fazilatining muhim ko‘rsatgichi bo‘lib hisoblanadi. Odobli 
kishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy qadriyatlarni yaxshi bilgan va ularni e’zozlagan 
hamda jamiyat ichida qabul qilingan barcha axloq normalariga rioya qiladigan odamdir. 
Odobsizlik – butun insoniyat yoki bir millat qadriyat deb qabul qilgan narsa va voqeliklarga 
behurmatlik ko‘rsatish, muayyan jamiyatda qabul qilingan urf-odat va an’analarga rioya qilmay, 
ularni mensimaslikdir. Ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kishilar, bolalarga odob nima ekanini, 
uning mohiyatini tushuntirib berib, ularda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, 
ularni o‘rgatish va hayotda amal qilishga o‘rgatishlari kerak. 
Bilimlilik – bilimli kishi ko‘p bilim sohibi hisoblanadi. Ba’zan “bilimli” tushunchasi “aqlli” 
tushunchasi bilan sinonim sifatida qo‘llaniladi. Yana qaytarib aytamizki, aqlli odam mustaqil fikr 
yurita oladi, bilimli odam esa, mustaqil fikr yuritib yoki kitob va ustozlardan olgan bilimlarni yod 
olish natijasida, нetarlicha bilimga ega bo‘lgan kishi hisoblanadi. 
Mehnatsevarlik – har bir kasbda yoshlarning erishishi zarur bo‘lgan omillardan biridir. 
Mehnatsevarlik deb, mehnatning turidan – og‘ir mehnatmi yo yengilmi; aqliymi yo jismoniymi, 
bundan qat’iy nazar, kishi uni bajarishga jon-jahdi bilan kirishishligiga aytiladi. 
Salomatlik – har bir kasb egasi uchun zarur bo‘lgan omil, biror kasb bilan shug‘ullanishda zarur 
talab. Mutloq sog‘lom kishi deb, ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan salomat bo‘lgan kishiga 
nisbatan aytiladi. 
Milliy g‘urur – milliy g‘ururi yo‘q odam har bir ishda loqayd bo‘lib, uning qilgan ishining 
unumi bo‘lmaydi. Milliy g‘ururga ega inson esa, oldiga biron-bir maqsad qo‘ydimi, butun vujudini 
ishga solib, shu maqsadga erishish uchun g‘ayrat qiladi va tezlikda unga yetadi. 
Vatanparvarlik xislati – milliy g‘ururning taraqqiy etgan varianti bo‘lib, vatan ravnaqi uchun 
rag‘bat paydo qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Milliy g‘urur negizida odamlarda vatanini 
sevish kayfiyati paydo bo‘lib, millati uchun, yurti uchun, ya’ni vatani uchun fidoyilarcha mehnat 
qilib, zarur bo‘lganda jonini ham fido qilishga tayyor bo‘ladi. Buni haqiqiy vatanparvarlik deyiladi. 
Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, o‘zining qudratli ildizlari bilan o‘z oilasining avlod-ajdodlarining 


139

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish