Kalit soʻzlar:
masala, matematik nutq, qisqa yozuv, koʻpaytirish, Pifagor jadvali, karra jadvali.
Boshlangʻich ta’limning eng muhim jihatlaridan biri oʻquvchilarda boshlangʻich hisoblash
malakalarini shakllantirishdan iborat. Umum ta’lim maktablarining matematika darslarida bunday
malakani oshirish nazarda tutilgan. Bunda boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan ma’sulyatni
chuqurroq his qilgan holda, qunt va sabr bilan ishlashiga toʻgʻri keladi.
Poydevori mustahkam uy buzilmaydi, deganlaridek, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari puxta
bilim bersa, oʻquvchilar yuqori sinfga oʻtgandan keyin bilimlarni hech qiynalmay oʻzlashtirib
ketadilar. 1-sinfdayoq oʻquvchilarni savollarga toʻliq, aniq javob berishga oʻrgatib borish kerak.
Matematika darslari boʻlsa ham koʻproq gapirishga, matematik nutqini oshirishga, mustaqil fikrini
bayon etishga oʻrgatib borish zarur boʻladi.
1-sinf matematika fanini oʻrgatishda oldin 10 soni ichida qoʻshish va ayirishni qoʻl va barmoqlar
asosida ishlash bilan cheklanib qolmaslik, balki tevarak atrofimizdagi narsalarni qoʻshib ayirishga
oʻrgatish muhim boʻladi. Sodda masalalarni yechishga oʻrgatishda rasm asosida masala tuzish
shartida oʻquvchilar qiynalib qolishadi. Chunki shu joyda matematik nutq yetishmaydi-da. Shuning
uchun 1-sinfdanoq nafaqat kitobda berilgan rasmlar asosida emas, balki turli koʻrgazmalarni
doskaga ilib qoʻyib, ana shu rasmdagi predmetlarni qatnashtirib masala tuzdirish maqsadga
muvofiq deb oʻylayman. Masalan, doskaga olma rasmi qoʻyiladi va bolalardan soʻraladi:
- Kecha bozordan dadalaringiz olma olib keldilarmi?
Shunda bolalardan birortasi dadasi olma olib kelganliginini aytib qoladi. Shu joyda oʻqituvchi
uni yana savolga tutadi.
- Sen ularni sanadingmi?
- Sizlar uning qanchasini yedinggiz? Qanchasi qoldi?
Shunda bola 10ta olma boʻlsa 5tasini yeb qoʻyishganini aytadi. Qolgan oʻquvchilar bu
masalaning qanday yechim topishini aytadilar.
1-sinfda yana qisqa yozuv asosida masala tuzish va yechishga oʻrgatiladi. Bunda ham albatta
oʻquvchini qisqa yozuvni oʻqitib, soʻzlatish kerak boʻladi.
1-likopchada – 11 ta olma
2-likopchada – ? 6ta kam
Bunda qisqa yozuvni oʻqigandan keyin masala tuzib aytishlari kerak. Shundan keyin bolalarning
diqqatini soʻroq belgisiga qaratiladi va shu soʻroq masala nechta amal bilan yechilishini bildirishini
oʻrgatish zarur.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ayirish va qoʻshish amallaridan keyin duch keladigan
qiyinroq vazifa bu koʻpaytirish amalidir. Bu amalni oʻrgatish jarayonida oʻqituvchilar koʻpincha
notoʻgʻri tushinchalar bilan boshlaydilar va darsni tezda yakunlashga harakat qilishadi bu esa
oʻquvchilarni tushkunlikka solishi va qoʻrqitishi mumkin, natijada taʻlim sifatiga zarar yetkazishi
mumkin.
Quyida oʻquvchilarga oson yetkaza olishi mumkin boʻlgan metodlarni koʻrib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |